Qo'rday (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Tuman
Qo'rday
Mamlakat Qozogʻiston
Viloyat Jambul viloyati
Koordinatalari 43°26′27″N 75°35′29″E / 43.44083°N 75.59139°E / 43.44083; 75.59139Koordinatalari: 43°26′27″N 75°35′29″E / 43.44083°N 75.59139°E / 43.44083; 75.59139
Akim Bayto'le Bo'latbek Bayqonusovich
Asos solingan 1928
Maydoni 8973 km²
Rasmiy tili qozoqcha
Aholisi 128 358[1] nafar (2011)
Zichlik 11,8 kishi/km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Avtomobil kodi H
Rasmiy sayti http://korday.zhambyl.kz/
Qo'rday (tuman) (Qozogʻiston)
Qo'rday

Qoʻrday tumani — Jam bul viloyatining janubiy-sharqida joylashgan hudud. Avvallari (17.1.1928) Almati viloyatining tarkibida boʻldi, keyinchalik (14.10.1939) Jambul viloyatining tarkibiga qoʻshildi. Hududi 8973 km². Aholisi 128358 kishi (2011). Tuman markazi — Qoʻrday qishlogʻi.

Geografiyasi[tahrir]

Qoʻrday tumanining eri asosan togʻlardan tashkil topgan. Shimoliy va sharqiy hududida Chu-Ile togʻlari mavjud (balandligi dengiz sathidan 1000 m). Kinfiktosh, Jetijoʻl, v.h. togʻ qoyalari tumanning markaziy va janubiy-shara qismini tashkil qiladi. Tuman hududida foydali qazilmalardan granit (2,6 mln. m³), ohaktosh (87,4 mln. t), agloporit qumi (3,1 mln. m³), flyuorit (0,467 mln. t), oltin koni (0,305 mln. t), molibden (12,2 ming t) va qurulish toshlari koni (8,05 mln. m³).

Aholisi[tahrir]

Qoʻrday bojxonasi, Qozogʻiston Qirgʻiziston chegaralari

Tumanning asosiy qismini qozoqlar (49,0 %) tashkil qiladi. Qolganlari ruslar (17,6 %), dunganlar (23,1 %), oʻzbeklar v.h. millat vakillari istiqomat qilishadi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 11,8 kishidan toʻgʻri keladi. Aholisi asosan tumanning janubiy, janubiy-sharq qismida (1 km²-ga 37,2 kishidan) yashashadi.

Katta qishloqlari:
Qishloq nomi Aholisi
Qoʻrday 30 ming
Sorto'be 17 ming
Masanshi 14,5 ming
O'tar 12 ming
Auqatti 7,2 ming
Saribulaq 6 ming
Qarasu 5 ming
Betqaynar 4,8 ming
Qasiq 3,5 ming
Qarakemer 3,2 ming

Manbalar[tahrir]