Qiziquvchan Matmusa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Qiziquvchan Matmusa
Muallif Erkin Vohidov
Janr sheʼrlar
Til oʻzbek
Nashriyot Yoshlar nashriyot uyi
Nashr etilgan sanasi 2018
Sahifalar soni 96
ISBN ISBN 978-9943-5316-9-7

„Qiziquvchan Matmusa“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2018-yil Toshkent shahrida Yoshlar nashriyot uyida lotin yozuvida chop etilgan.[1] Sheʼriy toʻplam elektron kitob oʻlaroq ham sotuvga chiqarilgan. 2017-yil „Yangi asr avlodi“ nashriyotida Vohidovning Matmusa haqidagi sheʼrlari maktabdan tashqari oʻqish materiali oʻlaroq „Qiziquvchan Matmusa: Hajviyalar“ nomi bilan nashr qilingan.

Toʻplamga Vohidovning Matmusa obrazi haqidagi 18 sheʼri, shuningdek, „Qumursqalar jangi“, „Tush“, „Bir tavakkalchi deydiki“, „Boʻri chaqirgan majlis va beodob ot haqida latifa“, „Rais va shoir“, „Shum bola“, „Yubiley“, „Majlis qiling“, „Sheʼr haqida sheʼr“, „Nasihat“, „Soch madhi“, „Koʻchamen“, „Boshindadir“, „Shahar ijrokomining raisiga oshiqlardan ariza“, „Qorxat“, „Bizlar ishlayapmiz“, „Tangri va yamoqchi“, „Qalamhaqi va oylik“, „Tandir haqida ertak“, „Qarsak haqidagi sheʼrga javob“ hamda „Qalin puli“ sheʼrlari kiritilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „„Qiziquvchan Matmusa“, Yoshlar nashriyot uyi“. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Qaraldi: 21-Dekabr 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]