Qizilqiya koʻmir koni
Qizilqiya koʻmir koni — Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatidagi kon. Fargʻona shahridan 28 km jan.da, Olay togʻlarining shim. togʻ oldida joylashgan. Qizilqiya koʻmir konik. 1898-yildan oʻzlashtirilgan, zaxira maydonlar mavjud emas. Koʻmir qatlamlari yura jinslarida mujassamlashgan. Qalinligi 600 m gacha boʻlgan koʻmirli yura qatlamlari qizilqiya, olmaliq va aravon svitalariga boʻlingan. Ular antiklinalning shim. qanotiga yondoshgan, shim. tarafdan yirik yoriq bilan boʻlingan monoklinaldan iborat. Konning gʻarb tomonida bitta koʻmirli qatlam mavjud, sharq tomonga qarab qatlamlarning soni koʻpayib, 6 taga yetadi. Kondagi koʻmir gumusli, metamorfizm darajasiga koʻra — qoʻngʻir, B va ZB markalariga tegishli. Qizilqiya koʻmir konik. koʻmiri tarkibida oltingugurt koʻp, namligi yuqori, issiqlik quvvati 3980—4270 kkal/kg. Umumiy resurslari 0,25 mlrd. t chamasida. Qizilqiya koʻmiridan, asosan, energetik yonilgʻi sifatida foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |