Qiziloʻngach strikturalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qiziloʻngach strikturalari — qiziloʻngachning har xil tashqi va ichki omillar taʼsirida anatomik va gistologik tuzilishi oʻzgarishi bilan kechadigan kasallik hisoblanadi[1]. Gastroezofageal reflyuks (oshqozon-qiziloʻngach teskari oqishi), kimyoviy kuyishlar va anastomoz (birikish) sohasida chandiqlar, bezarar stenoz (torayish) sabablari boʻlgan bolalarda boʻlishi mumkin.

Patologik anatomiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anastomotik (Birikish) strikturalar baʼzan gastroezofageal reflyuks (oshqozon-qiziloʻngach teskari oqishi) bilan keskinlashadi. Shu sababli, aksar holatlarda davolash nafaqat berkilishni bartaraf etish, balki gastroezofageal reflyuksni (oshqozon-qiziloʻngach teskari oqishini) yoʻqotish usuli bilan uning qaytalanishi haqida ogohlantirishdan iborat boʻlishi kerak. Anastomoz (Birikish) sohasida siqilish, odatda, uzunligi boʻyicha kichik, bu vaqtda esa kuyish bilan yuzaga kelgan stenoz (torayish)lar qiziloʻngachni sezilarli uzunlikda egallab olishi mumkin.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qiziloʻngach peptik ovqat hazm qiluvchi strikturalari (torayish), odatda, uning pastki uchdan birida joylashadi, ularning uzunligi kichik, shunga qaramasdan ular juda qiyin davolanadi. Qiziloʻngach stenozlari koʻp vaqtlardan buyon maʼlum, ularning bujlash bilan davolanishi esa juda qiziqarli tarixga ega. Sirkulyar strikturalar dilatatsiyasi (Charxsimon qisilishning kengayishi), odatda, chandiqli toʻqimani „uzishga“ yoʻnaltirilgan va agar bujlash triamsinolonning mahalliy inyeksiyasi bilan amalga oshirilsa, taʼsir yaqqol seziladi[1]. Hozirgi kunda qoʻllaniladigan dilatatsiya (kengayish) usullari turlicha. Bu, birinchi navbatda, Tucker kengaytiruvchilari kiritiladigan simlarning oʻtkazilishi, shuningdek, simobli toʻldiruvchiga ega Hurst bujlaridan, ip va simlari, simli oʻtkazgichga ega Savary kengaytiruvchisi va nihoyat, eng zamonaviy ballonli kengaytiruvchilardan foydalaniladi. Bujlar bilan tangensial kengayish uslubi bilan ballonlar bilan radial bujlashni taqqoslaganda (ham keskinlashuvlar, ham alohida natijalarni nisbati boʻyicha), ikkinchi usul (ballonli bujlash) ancha xavfsiz va samarali sanalib koʻproq tarafdorlarga ega boʻladi. Qiziloʻngach atreziyasiga qoʻyilgan anastomoz zonasidagi strikturalardan tashqari siqilish, shuningdek, yoʻgʻon ichakning ulangan transplantatining har qanday uchida hosil boʻlishi mumkin. Garchi ayrim holatlarda bunday stenozlarning bujlanishi samarali boʻlsa-da, lekin, koʻpincha oshqozon ichidagi nordon reflyuksi tufayli bunday strituralar (torayish) muammosi koʻp yillar davomida oʻta jiddiyligicha qoladi va takroriy bujlashni talab qiladi. Qiziloʻngach distal (ustki) qismining peptik stenozlari reflyuks-ezofagit (qiziloʻngach yalligʻlanishidagi qusiq)ni bujlanishi va konservativ (operatsiyasiz) terapiya bilan muvaffaqiyatli davolanadi. Biroq davolash bilan shugʻullanuvchi koʻpchilik jarrohlar, bu kombinatsiya (uygʻunlik) (peptik stenoz -f- reflyuksezofagit)ni fundoplikatsiya dilatatsiyasi (kengaytirish) bilan toʻldirishadi, bu reflyuks yoʻqolishiga olib keladi. Agar fundoplikatsiya (dilatatsiya bilan birga) va qiziloʻngachning asosiy plastikasi (moslik) samaradorligini taqqoslasak, unda fundoplikatsiya natijalari yaxshiroq va keyingi asoratlar miqdorining kamligi maʼlum boʻladi[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Aliyev, M. M. „II“,. Ko‘krak qafasi a’zolarining o‘tkir xirurgik kasalliklari sindromlari, 2018 (O'zbekcha), Toshkent: "Yangi nashr" — 70 bet. ISBN 978-9943-22-157-4.