Qiyos Jirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qiyos jirov Qayrat oʻgʻlidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Qiyos jirov Qayrat oʻgʻli (1903 Qoraqalpogʻiston, Chimboy tumani — 1974) — Qoraqalpogʻiston xalq jirovi (1942). Sayfulla jirov va Begmurod jirovlarning shogirdi. Yoshligidan xalq qoʻshiqlarini, qoʻbiz kuylarini oʻrgangan. "Masposhsho", "Shahriyor", "Shoʻra", "Qoramon — qotil", "Boʻzoʻgʻlon", "Qizpolvon" dostonlarini keksa jirovlardan yozib olib, oʻzi ham ijro etib yurgan, 40 ming misraga yaqin toʻlgʻovlar yaratgan. "Alpomish" (qoraqalpoq varianti, 1957), "Masposhsho" (1958), "Boʻzoʻgʻlon" (1961) kabi dostonlarni yozgan va nashr ettirgan. Uning "Qoʻbiz termalari" kitobi bosilib chiqqan (1966). Qiyos jirov Qayrat oʻgʻli Moskva, Toshkent, Toʻrtkoʻl shahrilarida oʻtkazilgan xalqsanʼati olimpiadalarida (1939), Moskvada oʻtkazilgan Xalqaro sharqshunoslar kongressida qatnashgan (1960).