Agrar islohotlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Agrar islohotlar, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar – davlatning yerga mulkchilik munosabatlari va yerda xo‘jalik yuritish usullarini o‘zgartirishga karatilgan chora-tadbirlari majmui. Dastlab Agrar islohotlar konsepsiyasi maqsad va vazifalari, yo‘nalishi, uni o‘tkazish bosqichlari aniqpab olinadi. Shunga asoslanib Agrar islohotlarni o‘tkazishning aniq chora-tadbirlari belgilanadi va ularni davlat amalga oshiradi.Tarixda Agrar islohotlarning 3 turini ko‘rish mumkin. Birinchisi – an’anaviy (natural, biqiq, qoloq) iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishni ko‘zlovchi Agrar islohotlar Ular jumlasiga 19–20-asrlarda Yevropa, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mam-lakatlaridagi Agrar islohotlarni kiritish mumkin. Ikkinchisi – bozor xo‘jaligidan totalitar-rejali tuzumga o‘tishni ko‘zlagan va proletariat diktaturasi yordamida amalga oshirilgan Agrar islohotlar Uchinchisi – 90-yillar boshidan sobiq sotsialistik mamlakatlarda rejali iqtisodiyotdan qayta bozor munosabatlariga o‘tishga qaratilgan Agrar islohotlar Birinchi toifadagi islohotlar qishloq xoʻjaligida tovar ishlab chiqarishni o‘stirib, uni bozor iziga solishni mo‘ljallaydi. Zamindorlar mulki bo‘lgan yer uni ekadiganlarga – dehqonlarga haq to‘lash sharti bilan yoki bepul beriladi, yerga dehqonlarning xususiy mulki o‘rnatiladi. Dehqonlar tabaqalashib, ularning bir qismi boylarga aylansa, boshqa qismi yollanma ishchilarga aylanadi. Agrar islohotlar qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyani qo‘llab, bu sohadan ish kuchini siqib chiqarishga olib keladi. Agrar islohotlar fermerlar sinfini shakllantirib, ularning mavqeini mustahkamlaydi. Ikkinchi toifadagi Agrar islohotlar sobiq SSSR, Mongoliya, Sharqiy Yevropa davlatlarida va boshqa mamlakatlarda amalga oshirilgan. Bunday islohotlar natijasida yer to‘la-to‘kis yoki qisman xususiy mulkdorlar tasarrufidan chiqarilib, davlat mulkiga aylantiriladi, mustaqil dehqon xo‘jaligi o‘rniga davlat rejasiga binoan ishlovchi davlat xo‘jaligi va jamoa xo‘jaliklari barpo etiladi, ularni hukumat to‘la nazorat qiladi. Bu islohotlar qishloqdagi erkin bozor munosabatlarini yo‘qotadi, qishloq xoʻjaligida stimullar so‘na borganidan u inqirozga yuz o‘giradi, oziq-ovqat taqchilligi doimiy tus oladi. Uchinchi turdagi Agrar islohotlar davlatlashtirilgan qishloq xoʻjaligidan erkin bozor xo‘jaligiga o‘tishni ko‘zda tutadi, ular natijasida yerga davlat egaligi qisman yoki to‘la-to‘kis bekor qilinadi, yerni ijaraga ishlatishga ruxsat beriladi, davlat va jamoa xo‘jaligining mulki dehqonlar o‘rtasida bepul, qismai bepul, yoxud haqini to‘lash sharti bilan taqsimlanadi. Dehqon (fermer) xo‘jaligi asosiy xo‘jalik turiga aylantiriladi, bu xo‘jalik bozor talabiga qarab va o‘z man-faatini ko‘zlab ish yuritadi.20-asr davomida O‘zbekistonda Agrar islohotlarning so‘nggi ikki turi amalga oshirildi. Sho‘rolar davrida yer-suvlar ularning egalaridan tortib olinib, dehqonlarga berildi. Lekin tez orada ulardan yana tortib olinib davlat mulkiga aylan-tirildi. Bunday islohotlar 1917–22 yillarda o‘tkazildi. 1925–26 yillarda yer-suv islohoti o‘tkazildi. Bu islohotlarda mahalliy boylarga qarashli yerlarning bir qismi yersizlarga bepul taqsimlab berildi. Bunday islohotlar natijasida bozorga ishlovchi mustaqil dehqon ho‘jaligi rivojlandi. Ammo bu uzoqqa bormadi, chunki 20-yillar islohoti qishloqni yoppasiga jamoalashtirish bilan yakunlandi. 1929–32 yillar mobaynida dehqon xo‘jaligi tamoman tugatilib, o‘rniga davlat va jamoa xo‘jaliklari barpo etildi, qishloq xoʻjaligi totalitar-rejali tizim girdobida qoldi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, yangi mazmunga ega bo‘lgan islohotlar boshlandi. Respublikada tub Agrar islohotlarning huquqiy 153asoslarini yaratadigan qonunlar qabul qilindi. Jumladan, "Yer to‘g‘risida" (20.06.1990), "O‘zbekistonda tadbirkorlik to‘g‘risida" (15.02.1991), "Davlat tasarrufidan chikarish va xususiylash-tirish to‘g‘risida" (19.11.1991), "Ijara to‘g‘risida" (19.11.1991), "Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida" (3.07.1992), "Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risida" (9.12.1992), "Yer solig‘i to‘g‘risida" (6.05.1993) va boshqa qonunlar hamda hukumat qarorlari qishloq xoʻjaligida ko‘p ukladli iqtisodiyot poydevorini yaratishga yo‘l ochdi. 1998 yil aprelda chiqilgan "Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida", "Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida", "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida" qonunlari va O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilindi. Qishloqda mulkdorlar sin-fini shakllantirish siyosatdagi muhim yo‘nalishga aylandi. O‘zbekistonda bozor tizimini yaratishga qaratilgan yangi Ai. davomida davlat va jamoa xo‘jaliklari yerining bir qismi (jami 500 ming ga) aholiga tomorqa tarzida foydalanish uchun berildi. Natijada 1996 yil aholining tomorqa xo‘jaligida yer 640 ming gani tashkil etdi. Yangi Agrar islohotlar ikkinchi yo‘nalishi – bu qishloqni fermerlashtirish, ya’ni davlat va jamoa xo‘jaliklari o‘rniga dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkil etishdan iborat. Yerga davlat mulki saqlangani holda yer xo‘jalik yuritish uchun merosga o‘tish sharti bilan dehqonlarga berildi. 1996 yil jami 19,5 ming dehqon va fermer xo‘jaligi ishladi. Agrar islohotlarning uchinchi yo‘nalishi saqlanib qolgan davlat va jamoa xo‘jaliklarida dehqonlarning ulushbay mulkiga o‘tishdan iborat bo‘ldi. Xo‘jaliklardagi molmulk pulga chaqilib, u dehqonlarga ulush (pay) qilib berildi. Dehqonlar umumiy mulkdagi ulushiga qarab haq oladigan bo‘ldilar. Agrar islohotlar O‘zbekistonning xususiyatini hisobga olgan holda yangi mulkchilik va bozorga mos xo‘jalik usullarini bunyod etish yo‘nalishida bormoqda.

Adabiyotlar[tahrir]

  • O‘lmasov, Ahmadjon. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil