Yalpi hosil
Yalpi hosil, qishloq xoʻjaligi ekinlarining yalpi hosili — alohida xoʻjalik yoki bironbir hududiy birlik chegaralaridagi barcha ekin maydonlarida yetishtirilgan (yigʻib olingan) mahsulot hajmi. 1954 yildan boshlab hisobgaolinadi. Oʻzbekiston statistika organlari Yalpi hosil hajmini umuman barcha toifadagi xoʻjaliklar boʻyicha tuman, viloyat, respublika miqyosida alohidaalohida hisobga oladi. Yalpi hosil statistikasida Yalpi hosilning taxminiy va oxirgi hajmini aniqlash qabul qilingan. taxminan hajm aprobatsiya usulida 1 sentabrga boʻlgan holat boʻyicha, oxirgisi — yil oxirida belgilanadi. Yalpi hosilning taxminiy hajmini belgilashda barcha xoʻjaliklardan olingan hisobot maʼlumotlari asos boʻladi. Yalpi hosilning oxirgi hajmi taxminan koʻrsatkichlarni xoʻjaliklarning noyabr va dekabrdagi yillik hisobotlari asosida qayta aniqlash yoʻli bilan belgilanadi (yana. q. Hosildorlik). Ekinlarning Yalpi hosilni oshirishning omillari — hosildor, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlar yaratishdan, intensiv texnologiya, kompleks mexanizatsiyalash va kimyolashtirish asosida yangi agrotexnika usullarini qoʻllashdan iborat.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |