Qirgʻizistondagi parlament saylovlari (2010)
2010 yil, 10 oktabr | |||
---|---|---|---|
Saylovchilarning kelishi: | 1 679 538 (55,90%) | ||
Partiya rahbari: | Qamchibek Tashiyev | Almazbek Atambayev | Feliks Kulov |
Partiya: | Ata-Jurt | QSDP | Ar-Namis |
Saylovchilar ovozining soni: | 266 923 | 241 528 | 232 682 |
Umumiy olgan oʻrni: | 28 | 26 | 25 |
Ovozlar: | (16,10 %) |
(14,55 %) |
(14,02 %) |
Partiya rahbari: | O'murbek Babanov | O'murbek Tekebayev | Adaxan Madumarov |
Partiya: | Respublika | Ata-Meken | Butun Kirgizstan |
Saylovchilar ovozining soni: | 217 601 | 168 218 | 145 455 |
Umumiy olgan oʻrni: | 23 | 18 | 0 |
Ovozlar: | (13,12 %) |
(10,13 %) |
(8,75 %) |
Qirgʻizistondagi parlamet saylovlari 2010-yilning 10-oktabr kuni Qirgʻiziston parlamentiga deputatlar partiyaviy tartibda saylandilar[1]. Kutilmaganda ushbu parlament saylovida nisbatan yangi va radikal millatchilik g'oyalarni ilgrai surgan "Ata-Jurt" suyosiy partiyasi g'alaba qozondi. Tahlilchilar parlament saylovida radikal millatchi partiyaning eng ko‘p ovoz yiqqaniga shu yil iyun oyida Oʻsh va Jalolobodda sodir bo‘lgan qonli voqealar sezilarli darajada ta‘sir ko‘rsatdi, degan fikrda bo'ldi[2]. Tahlilchilar tomonidan parlamentdagi asosiy ko‘pchilik o‘rinlarni egallashi bashorat qilingan “Ata-Mekon” partiyasi saylovchilarning 5 foizdan ortiqroq ovozini olib, saylovda g‘alaba qozongan partiyalar ro‘yxatining 5 pog‘onasini egallab qolgan. Sobiq prezident Roza O‘tunboyeva a‘zo bo‘lgan Sotsial-demokratlar partiyasi esa 8 foiz ovoz olib, mazkur ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni olgan. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni esa Feliks Kulov rahbarligidagi “Or-nomus” va O‘murbek Babanov raisligidagi “Respublika” partiyalari egallagan[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qirgʻizistonda 2005 yil Lolaqizg’aldoq inqilobi o’zini oqlamagach va mamlakatni besh yil boshqargan Qurmanbek Bakiyev Qirg’izistonni “demokratiya oroli”dan avtoritar davlatga aylantirgach, yangi o’zgarishlar shamoli esdi. Eski xatolarning takrorlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun muvaqqat hukumat boshqaruv tizimini isloh qilishga kirishdi. 27-iyun kuni yangi konstitutsiya loyihasi referendumga qo’yildi. Unga ko’ra, prezident faqat bir marta olti yilga saylanadigan boʻldi. Vazirlar mahkamasini esa deputatlar belgilaydigan boʻldi[3].