Boyniyoz Qayipnazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qayipnazarov Boyniyozdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Boyniyoz Qayipnazarov (1916. 25.8, Chimboy tumani) — qoraqalpoq xalq shoiri. Moskvadagi Adabiyot institutini tugatgan (1956). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—45). 1946—66 yillarda maktabda oʻqituvchi, jurnal va nashriyotda muharrir, "Qoraqalpogʻiston" nashriyoti badiiy adabiyot boʻlimida katta muharrir (1967 yildan). "Oltin kuz" (1952), "Qizil gul" (1959), "Mening baxtim" (1966), "Vatanim" (1970), "Guldasta" (1974) kabi toʻplamlarida qoraqalpoq xalqining hayoti aks etgan. "Orol ovozi" sheʼriy toʻplami oʻzbek tilida nashr etilgan (1959). Sh.Rashidovttt "Kashmir qoʻshigʻi" asarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil