Qavomuddin Sheroziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qavomuddin sheroziydan yoʻnaltirildi)

Qavomuddin sheroziy (? 1440) — meʼmor; Shohrux saroyidagi bosh meʼmor (15-asr). Anʼanaviy meʼmorlikda shaklu shamoyillarni mahorat bilan tatbiq etgan, ravoqlar kesishishi uslubini rivojlantirgan. Mashhaddagi Gavharshod begim meʼmoriy majmuasi (1405—18), Hirotdagi Musallo majmuasi (1417—38) va Xoja Abdulla Ansoriy maqbarasi (1428— 29), Hargirddagi madrasa (1440) va boshqalar mahobatli binolarning tarhini tuzgan va qurilishiga rahbarlik qilgan.