Qavola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qavola — Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi qishloq. Qavola — xalq orasida „Qavola Mahmud“ nomi bilan mashhur. Toponim toʻgʻrisida bir-necha farazlar mavjud. Qavola soʻzi „notiq“, „hofiz“ maʼnolarini anglatadi. Toponimga maʼno jihatdan qaraydigan boʻlsak, „Qavola Mahmud“ atamasi Mahmud ismli qaysidir hofiz yashagan qishloqqa nisbatan qoʻllanilgan, degan fikrga kelish mumkin.[1]. Rivoyatga koʻra esa, qishloqqa Mahmud ismli shaxs va uning qabiladoshlari asos solgan. Shundan qisman oʻzgargan shaklda „Qavola Mahmud“, yaʼni „Mahmudning qabilasi“ atamasi paydo boʻlgan. Qavola soʻzi „kavali“ — „poʻstinli“, „poʻstindoʻz“ (poʻstin tikuvchi) maʼnolarini anglatadi, degan fikrlar ham bor. Bunday holda Qavola Mahmud toponimi „Poʻstindoʻz Mahmud“, Qavola esa „Poʻstindoʻz, poʻstin tikuvchilar qishlogʻi“ maʼnosiga ega boʻladi[2].



Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toʼrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276 bet. ISBN 978-9943-7455-7-5. 
  2. Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 126 bet.