Kontent qismiga oʻtish

Qarta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qarta — otning yogʻli yoʻgʻon ichagi va undan maxsus tayyorlanadigan yaxna taom. Ot goʻshtining qarta qismi yaxshilab ishqab yuviladi. Shilliq pardasi tozalanib hidini ketkazish uchun qatiqqa yoki zardobga bir kun botirib qoʻyiladi. Yuvib tozalangan Qartani, katta katta boʻlaklarga boʻlib, tuz, murch, zira va uzum sirkasi sepib, 10 soatgacha salqin yerga olib qoʻyiladi. Tayyor masalliq qaynab turgan suvga solinib pishiriladi. Shoʻrvasiga piyoz, sabzi, dafna yaprogʻi, tuyilmagan murch kabi ziravorlar qoʻshib, 2 soat sust olovda mildiratib qaynatiladi. Pishgan Qarta sovitilib, salatlar bilan birga dasturxonga tortiladi.

Baʼzan Qartaning ichi agʻdarilib, tozalab yuviladi, ochilgan qarta yuzasiga tasmasimon kesilgan son goʻshti, toʻsh yogʻi qoʻyilib, ruletga oʻxshab oʻraladi va chetlari hamda oʻrtasi qalin ip bilan bogʻlanib, qozondagi sovuq suvga solib, 2—2,5 soat mildiratib qaynatiladi. Sovitib, yaproqlab kesib isteʼmol qilinadi.