Qaragʻanda koʻmir havzasi
Qaragʻanda koʻmir havzasi — Qozogʻiston Respublikasi Qaragʻanda viloyatidagi koʻmir havzasi. Umumiy maydoni 3600 km2, uz 120 km (gʻarbdan sharqqa tomon), eni 30–60 km, shundan 2000 km2maydonda koʻmir qatlamlari mavjud. Qaragʻanda koʻmir havzasih. Qozogʻiston past togʻlarida joylashgan. Koʻmir koni 1833-yilda topilgan; Spassk mis eritish zavodi ehtiyojlari uchun 1854-yildan kustar usulida qazib olingan. 1920-yilda geologik qidiruv ishlari boshlanib, birinchi ekspluatatsiyarazvedka shaxtasi qurilgan. Havzadan reja boʻyicha foydalanish 1930-yildan boshlangan. Urush yillari (1941—45) va urushdan keyingi davrda geologiyaqidiruv ishlari jadallashdi. 1954-yilda havzaning geologiksanoat bahosi hisoblab chiqilgan. 1940—65 yillar mobaynida 64,7 mln. t qoʻngʻir koʻmir qazib olingan; ochiq usulda qazib olinadigan 595 mln. t qoʻngʻir koʻmir razvedka qilingan. 1968-yil havzaning asosiy uchastkalarida qidiruvrazvedka ishlari tugallandi. Qaragʻanda koʻmir havzasih. geologik jihatdan Qaragʻanda sinklinoriysi tarkibiga kiradi va kembriy, ordovik, silur, devon, karbon, yura va kaynozoy togʻ jinslaridan tashkil topgan. Koʻmir qatlamlari karbon va yura yotqiziqlarida joylashgan. Koʻmir qatlamlarining qalinligi gʻarb yoʻnalishida 1200 m dan Verxnesokursk sinklinalida 3800 m gacha boʻladi. 4500 m gacha boʻlgan qalin toshkoʻmir sistemasi (davri)ga mansub koʻmirli qatlam ostida ohaktosh, tuffit, yashil va koʻkkulrang gilli slanetslardan tashkil topgan quyi vizening terektin qatlami yotadi. Karbon yotqiziqlarida 80 dan ortiq koʻmir qatlami boʻlib, 30 tasi sanoat ahamiyatga ega. Havzadagi koʻmirning asosiy qismi toshkoʻmir sistemasi choʻkindilaridan tashkil topgan. Ishchi qatlamlarning qalinligi 0,7—2,5 m chamasida, ayrim hollarda 7–8 m. Qatlamlar murakkab tuzilishga ega. Koʻmirlar ochiq gumusli, toshkoʻmir. Kokslanadigan koʻmirning 1/3 qismi oson boyitiladi. Qolganlari kuli koʻpligi va qiyin boyitilishi sababli energetikada ishlatiladi. Koʻmirning kulliligi 8—25% dan 20— 45% gacha, kam oltingugurtli (oltingugurt miqsori baʼzan 1% dan oshadi), fosfor miqdori 0,01—0,1%. Namligi 3—6%; yonuvchi massaning yonish issiqligi 2,935,6 MJ/kg (170008500 kkal/kg). Metamorfizm darajasiga koʻra, havza koʻmirlari G, J, KJ, K, K2, OS markalariga taallukli. Yura davri koʻmiri qoʻngʻir koʻmir boʻlib, qatlamlarining qalinligi 5,34 m. Qoʻngʻir koʻmir tarkibida 13% kul, 1,5% oltingugurt, 27—56% yonuvchi modda bor; issiqlik quvvati 6944—8500 kkal/kg. Koʻmir 200–600 m chuqurlikda qazib olinadi. Qaragʻanda koʻmiri Qaragʻanda, Orsk, Magnitogorsk metallurgiya zdlarida, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo, Ural, Gʻarbiy Sibir sanoatida ishlatiladi. Qaragʻanda koʻmir havzasih.da koʻmirdan tashqari yuqori sifatli yer osti suvlari, olovbardosh loy, qurilish toshlari, gips, qum, ohaktosh va mergellarning maʼlum miqsordagi zaxiralari mavjud. Qaragʻanda koʻmir havzasih. yirik sanoat rayoni hisoblanadi. Qaragʻanda shahridan tashqari, uning hududida sanoat markazlari — Saran, Shaxtinsk, Abay shahrilari joylashgan. U yerda kon mashinasozligi, metallurgiya, kimyo, energetika va sanoatning boshqa tarmoqlari rivojlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |