Abduqahhor Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qahhor baxshidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Abduqahhor Rahimov, Qahhor baxshi (1955, Dehqonobod tumani, Xoʻjamahmud qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq baxshisi (2001). Jarangdor ovoz sohibi. Dehqonobod tumani umumtaʼlim maktabi oʻqituvchi (1980 yildan). Dostonchilik sirlarini otasi Qodir baxshi Rahimovdan oʻrgangan. Repertuaridan 20 ga yaqin doston ("Alpomish", "Yodgor", "Goʻroʻgʻli", "Avazxon", "Malikai ayyor", "Malla savdogar" va b), oʻzi ijod qilgan turli mavzudagi termalar oʻrin olgan. R. koʻpgina doʻmbira kuylarini ham mahorat bilan ijro qiladi. "Alpomish" dostoni yaratilganligining 1000 yilligiga bagʻishlangan Xalqaro baxshishoir va oqinlar festivalining 1oʻrin sovrindori (Termiz, 1999). 1997 yilda AQShda gastrodda boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil