Qagʻanoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qag'anoqdan yoʻnaltirildi)

Qagʻanoq — yangi tuqqan qoʻyning dastlabki 3—4 kunlik sutidan tayyorlanadigan mahsulot. Sogʻib olingan sut sust olovda tuz va sedana solib qaynatiladi. Q.qa guruch, oqshoq qoʻshish ham mumkin. Q.ni sovitib isteʼmol qilinadi. Tarkibida yogʻ va oqsil, fiziologik faol moddalar koʻpligi va toʻyimliligi bilan boshqa sut mahsulotlaridan farq qiladi. Sovigan Q. yumshoq pishloq kabi qotadi.