Qabila
Qabila (arabcha: قبيلة) — urugʻaymoq, bir ota-onadan tarqalgan bir necha guruh uyushmasi, etnik birlik. Naslnasab jihatidan bir хil boʻlgan kishilar toifasi, guruhi. qabila aʼzolari oʻrtasidagi qonqarindoshlik aloqalarining mavjudligi, urugʻ va boʻgʻinlarga birikishi uning asosiy belgisidir. Shuningdek, qabilaning boshqa belgilari ham mavjud boʻlib, bular uning maʼlum bir hududga ega ekanligidan, qabiladoshlarning iqtisodiy birligi, yagona qabilaviy tili va nomi, qabila kengashi va harbiy boshliqlarning oʻzini oʻzi boshqarishdan iboratdir. Qabila ittifoqlarining tuzilishi, bir qabilaning 2 sini boʻysundirishi, qabilalarning boshqa turkumi hisoblanadi.
Qabila (arab.) — urugʻaymoq, bir ota-onadan tarqalgan bir necha guruh uyushmasi, etnik birlik. Naslnasab jihatidan bir xil boʻlgan kishilar toifasi, guruhi. Qabila aʼzolari oʻrtasidagi qonqarindoshlik aloqalarining mavjudligi, urugʻ va boʻgʻinlarga birikishi uning asosiy belgisidir. Shuningdek, Qabilaning boshqa belgilari ham mavjud boʻlib, bular uning maʼlum bir hududga ega ekanligidan, qabiladoshlarning iqtisodiy birligi, yagona qabilaviy tili va nomi, Qabila kengashi va harbiy boshliqlarning oʻzini oʻzi boshqarishdan iboratdir. Qabila ittifoqlarining tuzilishi, bir Qabilaning 2 sini boʻysundirishi, Qabilalarning boshqa yerlarga koʻchib oʻtishi, ularning oʻzaro qoʻshilib ketib yanada yirikroq etnik birlik — elatlarning vujudga kelishiga olib kelgan. Urxun yozuvlarida mustaqil Qabila barpo etish uchun 700 kishi boʻlishi lozimligi aytilgan. Yerlarga koʻchib oʻtishi, ularning oʻzaro qoʻshilib ketib yanada yirikroq etnik birlik — elatlarning vujudga kelishiga olib kelgan. Urхun yozuvlarida mustaqil qabila barpo etish uchun 700 kishi boʻlishi lozimligi aytilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |