Pyezoelektr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Pyezoelektr effektdan yoʻnaltirildi)

Pyezoelektr (yun. piero — bosaman, qisaman va elektr), pyezoelektr effekt — baʼzi dielektriklarning mexanik kuchlanishlar taʼsirida qutblanishi (toʻgʻri pyezoelektr effekt) va elektr maydon taʼsirida mexanik deformatsiyalanishi (teskari pyezoelektr effekt) hodisasining yuzaga kelishi. Toʻgʻri va teskari pyezoelektr effektlar faqat pyezoelektriklarda mavjud. Pyezoelektr effektlar simmetriya markaziga ega boʻlmagan kristallarda kuzatiladi. P.ni 1817-yilda fransuz kristallografi va minerologi R. J. Gayui (1743—1822) kalsit kristallarida kuzatgan. P.ni har taraflama 1880-yilda akauka J. va P. Kyurilar kvars kristallida kuzatganlar. 1500 dan or-tiq moddada pyezoelektr hodisasi ku-zatilgan; ular ichida kvars (pyezo-kvars)dan tashqari segnet tuzi, bariy titanat, ammoniy digidrofosfat, litiy niobat va boshqa ham keng qoʻllaniladi. Koʻpincha yana maxsus texnologiya boʻyicha olingan baʼzi segnetoelektriklarning qattiq eritmalari — pyezokera-mikalardan ham foydalaniladi. Pye-zoelektriklar radiotexnika, akustika, radiofizika va boshqa sohalarda keng qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil