Pungi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pungi — bitta tayoqchali kapsulali puflama cholgʻu asbobi. Hindistonda anʼanaviy musiqa ijro etishda va ilon oʻynatish amaliyotida qoʻllaniladi.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asbob mushtukli va ikkita naychali rezonator kameradan iborat — melodik va burdon. Rezonator quritilgan qovoqdan, naychalar esa bambukdan qilingan. Tilchalari (qamishlar) ot qili, somon yoki boshqa materiallardan tayyorlangan. Har bir naychaning alohida tilchasi bor.

Chalish texnikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burdon naycha yordamida faqat bitta uzun nota ijro etiladi, u melodik naychada chalingan asosiy kuyga joʻr boʻlib xizmat qiladi.

Punga pauzasiz chalinadi, buning uchun uzluksiz nafas olish texnikasi qoʻllaniladi: havo burunga soʻriladi va bir vaqtning oʻzida lunj yoki tilning harakati bilan ogʻiz orqali tez chiqariladi.

Qoʻshimcha faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Pungi“ soʻzi oddiygina „quvur“ degan maʼnoni anglatadi.
  • Bu asbob tumba, mahudi, bin[1]. deb ham ataladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Пунги, Нагасваранам, Шенаи“. 7-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-fevral 2015-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Пунги“,Музыкальные инструменты. Энциклопедия. М.: Дека-ВС, Lua xatosi: bad argument #2 to 'formatDate': invalid timestamp 'Yanvar'. — 459—460 bet. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]