Petr Protasov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Protasov Petr Vasilyevichdan yoʻnaltirildi)

Petr Vasilyevich Protasov (1902.26.10, Qozon guberniyasi Tetyushi shahri — 1985.1.2, Toshkent) — agrokimyogar olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1963), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1964), professor (1965). Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasini tugatgan (1932). Janubiy Qozogʻistondagi Otaboyev tajri-ba styasida ilmiy xodim (1932—33), SoyuzNIXI Oʻgʻitlar va agrotuproqshunoslik markaziy styasida laboratoriya mudiri (1933—36), 1949—60 yillarda direktor oʻrinbosari. Soyuz NIXIda laboratoriya mudiri (1936-39, 1960-70). 1970-yildan Toshkent qishloq xoʻjaligi institutining agrokimyo kafedrasi mudiri.

Ilmiy ishlari, asosan, qishloq xoʻjaligida oʻgʻitlarni qoʻllash, karbonatli tuproqlarda kaliy miqdorini aniklash usullari, oziq moddalari balansi, almashlab ekishda oʻgʻitlar sistemasi masalalariga bagʻishlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Primeneniye kaliynix udobreniy pod xlopchatnik v Sredney Azii, T., 1953; Azot v xlopkovodstve Sredney Azii, T., 1961; Primeneniye udobreniy v xlopkovodstve, T., 1980 (hamkorlikda).