Potentiometriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Potensiometrik analiz usullari elektrod potensialini ochishga asoslangan bo‘lib, elektrod potensiali bilan eritmaning konsentratsiyasi orasidagi bog‘lanishni o‘rganadi. Elektrolit eritmasiga elektrodlar tushirilganda, elektrod bilan eritma orasidagi sirt chegarasida potensial yuzaga keladi. Bu potensial Nernst tenglamasi yordamida ifodalanadi:

,

Bu yerda:

  •  — elektrod potentsiali,  — volt bilan o'lchangan standart elektrod potentsiali ;
  •  — universal gaz doimisi, 8,314 Дж/(mol·K) teng;
  •  — mutloq harorat;
  •  — Faradiy doimiysi, равная 96485,33 Kl•mol−1 teng;
  •  — jarayonda qatnashgan elektronlar soni;
  • va  — yarimreksiyada qatnashgan oksidlovchi va qaytaruvchilarning mos ravishdagi aktivligi.

Agar Nernst formulasiga F va R kiritib, natural logarifimdan  o'nli lagarifimga o'tsak, T= 298K da quydagi formulani olamiz.

Potensiometrik analiz usullari bevosita va bilvosita usullarga boiinadi. Bevosita usullarda. moddalarning konsentratsiyalari va aktivliklari (pH, pM, рА), dissotsiatsiya konstantalari (рКа, pKb), muvozanat va barqarorlik konstantalari, eruvchanlik ko‘paytmalari va boshqa fizik-kimyoviy kattaliklar aniqlanadi. Bilvosita usullar yordamida titrlash (protolitom etriya, oksredmetriya, kompleksimetriya va shu kabilar) davomida titrlashning oxirgi nuqtasi topiladi. Potensiometriyada potensialni o‘lchash uchun indikator (vodorod selektiv shisha, natriy yoki boshqa ionga selektiv shisha yoki membrana, metall, metall oksid va boshqa) va taqqoslash (normal vodorod, kumush xloridli, talliy xloridli, to‘yingan kalomel va boshqa) elektrodlar ishlatiladi. Potensiometriyaning ayrim ionlarni aniqlashga mo‘ljallangan indikator elektrodlari ishlatiladigan sohasiga ionometriya deyiladi. Taqqoslash elektrodlari o‘lchash davomida doimiy haroratda o‘z potensialini o‘zgartirmaydi. Potensiometrik titrlashning oxirgi nuqtasini topish uchun hisoblash, chizma (integral, differensial, ikkinchi darajali hosila, egri chiziqlarni to‘g‘rilash — Gran) va muayyan potensial (pH) gacha titrlash usullari mavjud.

Adabiyotlar[tahrir]

  • Корыта И., Дворжак И., Богачкова В. Электрохимия. — пер. с чеш.. — M., 1977.
  • Дамаскин Б. Б., Петрий О.А. Основы теоретической электрохимии. — M., 1978.