Ponza jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ponza jangi
Usmonli-Gabsburg urushlari

Jang tasviri Usmonli gallareyasida.
Sanalar 5-avgust 1552-yil
Urush yeri Ponza, hozirgi kunda Italiya
Natija Fransuz-Usmonli gʻalabasi
Raqiblar
Genuya Respublikasi Usmonli imperiyasi, Fransuz qirolligi
Qoʻmondonlar
Andrea Doria Dragut
Gabriel de Luetz d'Aramon

Ponza jangiItaliyaning Ponza oroli yaqinida sodir bo'lgan dengiz jangi hisoblanadi. Jang Dragut boshchiligidagi Fransuz-Usmonli floti bilan Andrea Doria qo'mondonligi ostidagi Genuya floti o'rtasida bo'ldi. Ushbu jangda Genuyaliklar mag'lub bo'ldi. Bu gʻalaba Usmonli flotining keyingi uch yil davomida Sitsiliya va Sardiniya qirg'oqlariga bo'ladigan bosqinlarini osonlashtirgan.

Qoʻshinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmonli floti 1551 — 1559-yillarda boʻlib oʻtgan Italiya urushida Genrix II Charlz V bilan to'qnash kelganida, ya'ni Sulaymon I davrida 100 ta kemadan iborat edi[1][2]. Genuya floti Andrea Doria boshchiligidagi 40 ta urush kemasidan iborat boʻlgan[3]. Genuya flotidagi 20 ta urush kemasi shaxsan Doriyaga, oltitasi Antonio Doriyaga va ikkitasi Monakolik Grimaldi xonadoniga tegishli edi.

Jang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Flotlar o'rtasidagi jang 1552-yil 5-avgustda Appenin yarimoroli atrofidagi Ponza va Terracina orollari o'rtasida bo'lib o'tdi. Usmonlilar askarlari bilan to'la bo'lgan Genuyaning 7 ta urush kemalarini qo'lga kiritgan[4].

Natija[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jang Fransuz-Usmonli ittifoqi gʻalabasi bilan yakunlandi. Buning natijasida Usmonlilar Sitsiliya, Sardiniya va Italiya qirgʻoqlariga keyingi uch yil davomida doimiy yurishlar uyushtirishdi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. European warfare, 1494-1660 by Jeremy Black p.177
  2. The History of England Sharon Turner, p.311
  3. Whitehouse, Rosie (2013). Bradt Liguria: The Italian Riviera. Bradt Travel Guides. p. 91. ISBN 9781841624730.
  4. The Mediterranean and the Mediterranean world in the age of Philip II by Fernand Braudel p.924 [1]
  5. Konstam, Angus (2008). Piracy: The Complete History. Osprey. p. 87. ISBN 9781846032400. Archived from the original on 3 January 2014. Retrieved 17 October 2016.