Kontent qismiga oʻtish

Pompadour (soch turmaklash usuli)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pompadour sochlarining koʻrinishi – oldidan yuqoriga koʻtarib turmaklangan katta miqdordagi sochlar
Ushbu uslubdagi sochlar 1890-yillarda ommalashgan „Gibson qizi“ koʻrinishining muhim qismi edi.

Pompadour – bu Fransiya qiroli Louis XVning rafiqasi Madame de Pompadour (1721-1764) sharafiga nomlangan soch turmagi[1]. Erkaklar, ayollar va bolalar uchun uslubning koʻplab variantlari mavjud boʻlsa-da, asosiy koʻrinish bu yuzdan yuqoriga taralgan va peshonadan baland qilingan katta hajmdagi sochlardan koʻtarilgan soch turmagi.

Nomga qaramay, bu soch turmagi Madame de Pompadour xonimning soch turmagiga hech qanday aloqasi yoʻq, u sochini tepaga emas, orqaga tashlagan, tepasida qoʻshimcha hajm ham boʻlmagan. Bu nom XX asrda paydo boʻlgan.

Boshning tepasiga vertikal hajm qoʻshish, sochni orqaga va peshonadan yuqoriga tarash orqali hosil qilinib, Fransiyadagi qirollik saroyidagi ayollar soch turmagi, birinchi navbatda 1680-yillarda va yana XVIII asrning ikkinchi yarmida, Madame de Pompadurdan ancha oldin va keyin ham boʻlgan tendentsiyadir.

Louis XV va Madame de Pompadour davrida davrida, sochlar juda past kiyilgan, orqaga taralgan va oddiy soch aurasiga ega edi. Ushbu soch turmagi hech qachon „pompadour“ deb atalmagan.

1890-yillarda ushbu uslub „Gibson qizi“ koʻrinishining bir qismi sifatida yana qayta tiklandi va Birinchi jahon urushigacha mashhurligini yuqotmadi. 1925-yilgi „Buyuk Getsby“ romanida bosh qahramon Jay Gatsbi, yoshligida pompadour sochi boʻlganligini eslaydi[2]. Bu uslub 1940-yillarda ayollar orasida yana mashhur boʻldi. Erkaklarndagi koʻrinishi 1950-1960-yillarning boshlarida paydo boʻldi. Elvis Presli, Johnny Cash, Chuck Berry, Ritchi Valens, James Dean va Toni Kurtis kabi kino yulduzlari tomonidan qayta tiklandi va 2000-yillarning oʻrtalarida yana qayta urfga kirdi. XXI asrda ushbu uslubdan ayollar bilan bir qatorda erkaklar ham foydalanishgan.

Pompadour uslubining turli xil koʻrinishlari XVIII asr oxirida mashhurlikka erishdi biroz muddatdan soʻng 1890-yillardan Birinchi jahon urushigacha ushbu uslub qayta ommalashdi. Pompadour odatda yasama sochlar bilan turmaklangan, uning ustidan soch tepaga va orqaga taralgan.

1950-yillarda James Dean va Elvis Presley shu uslubida sochlarini turmaklagan, lekin ushanda pompadour deb atalmagandi. 1950 va 1960-yillarda pompadour kiygan mashhurlar orasida Little Richard va afgʻonistonlik Ahmad Zohir, shuningdek, Jemes Dean, Marlon Brando va Desi Arnaz kabi aktyorlar bor. 2000-2010-yillarda pompadour soch turmagi Conan OʻBrien, Bruno Mars, Morrissey, David Beckham, Drake Bell, Zac Efron, Zayn Malik, Alex Turner va Justin Timberlake kabi mashhur shaxslarda kuzatilgan.

  1. Sherrow, Victoria. Encyclopedia of Hair: A Cultural History. Greenwood Publishing Group, 2006 — 309–310 bet. ISBN 9780313331459. 
  2. Fitzgerald, F. Scott. The Great Gatsby. Penguin, 1925. ISBN 9780241341469. „There was a small picture of Gatsby, also in yachting costume, on the bureau—Gatsby with his head thrown back defiantly—taken apparently when he was about eighteen. 'I adore it,' exclaimed Daisy. 'The pompadour! You never told me you had a pompadour—or a yacht.'“