Plaza mayor (Madrid)
Plaza mayor | |
---|---|
Madriddagi Plaza mayor maydoni | |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | Madrid turizmi |
Joylashuvi | Madrid, Ispaniya |
Koordinatalar | 40°24′55″N 3°42′27″W / 40.415364°N 3.707398°W |
Qurilishi boshlangan | 1617-yil |
Qurilishi tugagan | 1619-yil |
Egasi | Ispaniya hukumati |
Dizayn va konstruksiya | |
Muhandis | Xuan de Errera |
Boshqa dizaynerlar | Tomas Roman, Xuan de Villanueva |
Plaza mayor (Madrid) |
Plaza Mayor (inglizcha: Town Square) — Ispaniya poytaxti Madridning qoq markazidagi yirik jamoat maydoni. U bir vaqtlar eski Madridning markazi edi[1]. U birinchi marta Filipp III davrida (1580-1619) qurilgan. Undan bir necha blok narida yana bir mashhur plaza, Puerta del Sol joylashgan.
Tarixi va arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Plaza Mayor tarixi XV asrga borib taqaladi. U yerda dastlab „Plaza del Arrabal“ deb nomlangan va shaharning asosiy bozori sifatida ishlatilgan. 1561-yilda maydon Madrid shahriga koʻchirildi. Qirol Filipp II klassik arxitektor Xuan de Erreraga hududni qayta qurishni topshirdi. Qurilish 1617-yilda Filipp III hukmronligi davrida boshlandi. Xuan Gomes de Mora arxitektura taʼmirlashini davom ettirdi va ikki yildan soʻng 1619-yilda qurib bitkazildi. Plaza mayor oʻz tarixida 3 ta yirik yongʻindan aziyat chekdi. Birinchisi 1631-yilda boʻlgan. Xuan Gomes de Mora bu yongʻindan keyin maydonni rekonstruksiya qilish bilan shugʻullangan. Yongʻinlarning ikkinchisi 1670-yilda sodir boʻlgan. O‘sha vaqtda rekonstruksiya uchun mas’ul meʼmor Tomas Roman edi. Oxirgi yongʻin maydonning uchdan bir qismini yoqib yuborgan va 1790-yilda sodir boʻlgan edi. Bugungi kundagi Plaza Mayor arxitekturasi Xuan de Villanuevaga tegishli. U 1790-yilda sodir boʻlgan katta yongʻindan keyin rekonstruksiya qilish bilan shugʻullangan. Bungacha maydonni oʻrab turgan binolar besh qavatli edi. Xuan de Vilyanueva maydon atrofidagi binolarni uch qavatga tushirdi, burchaklarini yopdi va maydonlarga katta kirishlar yaratdi. Xuan de Villanueva vafotidan keyin qurilish Antonio Lopes Aguado va Kustodio Moreno tomonidan 1854-yilda tugatilgan[2].
Bugungi kunda Plaza Mayor toʻrtburchak shaklida boʻlib, arxitekturaning bir xilligini takrorlaydi. Plazaning oʻlchamlari 129 m x 94 m (423 ft x 308 ft). Plaza tomon qaragan uch qavatli turar-joy binolarida 237 ta balkon mavjud. Plaza Mayorga kirish yoki chiqish uchun oʻnta kirish joylari mavjud, ammo darvozalar soni toʻqqizta[3]. Kirishlar quyidagicha nomlanadi: shimolda 7 de Julio, Arko de Triunfo va Felipe III; Sharqda Sal, Saragosa va Gerona; Janubda Botoneras, Toledo Gʻarbda Kuchilleros, Syudad Rodrigo[4].
Maydon markazida 1848-yilda oʻrnatilgan ot ustidagi Filip III haykali oʻrnatilgan. Plaza Mayor koʻplab tadbirlar uchun sahna vazifasini bajargan. U tarixda qatllar uchun ham mezbonlik qilgan. Bugungi kunda bu yerda har yili katta Rojdestvo bozori joylashadi. Bu yerda korridalar va futbol o‘yinlari ham bo‘lib o‘tdi. Har yakshanba va bayram kunlari ertalab marka yigʻish va tanga yigʻish musobaqalari o‘tkazilib turiladi.
1880-yilda Casa de la Panaderia fasadi Xoakin Mariya de la Vega tomonidan qayta tiklandi. Casa de la Panadería bu ikki burchakli ikkita minora bilan oʻralgan fasadning bir qismidir. Tarixda u turli maqsadlarda ishlatilgan. Uning nomi asosiy shahar novvoyxonasining nomidan kelib chiqqan[5]. Bu maydon 1921-yilda ferma uyi, keyin esa 1935-yilda Fernando Garsiya de Merkadal tomonidan isloh qilindi. 1960-yillarda plaza yoʻl harakati uchun oʻzini yopib qoʻydi va maydon ostida yer osti toʻxtash joyi barpo etildi. 1992-yilda oʻtkazilgan Plaza Mayordagi ta‘mirlashlarning oxirgisi devor bezaklaridan iborat boʻlib, Karlos Frankoning Casa de la Panaderia ishi boʻlib, u maʼbuda Kibeles kabi mifologik figuralarni qurilishi bilan yakunlandi. Bugungi kunda Plaza Mayor Madridning asosiy sayyohlik joyidir. Ayni paytda u Madrid fuqarolari uchun Ispan madaniyatining bir qismiga aylanib ulgurgan. Arlo de Cuchilleros koʻchasidagi Plaza Mayor yonida dunyodagi eng qadimgi restoran boʻlgan Restaurante Botin joylashgan[6].
Nomlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vaqt oʻtishi bilan maydonning nomi oʻzgargan. U „Plaza del Arrabal“, „Plaza de la Constitución“, „Plaza Real“, „Plaza de la República“ va hozirda „Plaza Mayor“ nomi bilan mashhur. Bu nomlar Ispaniya tarixidagi voqealar, tarix va hukmronlikni aks ettiradi.
„Plaza del Arrabal“ hozirgi „Plaza Mayor“ ning asl nomi edi. „Plaza del Arrabal“ bir paytlar XV asr oxirigacha eng mashhur bozor joyi boʻlgan[7]. 1812-yilgi Konstitutsiyadan soʻng Ispaniyadagi barcha yirik maydonlar „Plaza de la Constitución“ deb oʻzgartirildi. Shuningdek, u 1820-1823, 1833-1835, 1840-1843 va 1876-1922-yillarda ushbu nomga ega boʻlgan. 1814-yilda Borbon qiroli qayta tiklaganidan keyin, u „Plaza Real“ nomi bilan tanilgan. 1873-yilda uning nomi „Plaza de la República“ ga oʻzgartirildi. Ispaniya fuqarolar urushi oxirida maydon hozirgi „Plaza Mayor“ nomini oldi.
Haykal
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maydon markazida 1616-yilda Jan Bulon va Pietro Takka tomonidan yaratilgan qirol Filipp III ning bronza haykali o‘rnatilgan. Filip III ning otliq haykali yasalishi 1616-yilga toʻgʻri keladi. Biroq u 1848-yilgacha maydon markaziga oʻrnatilmagan. Haykal oʻsha paytda Florensiya gersogi tomonidan sovgʻa qilingan. Qirolicha Izabel II uni Casa de Campodan Plaza Mayorning markaziy qismiga o‘rnatishni buyurgan[8] .
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Madrid, Plaza Mayor
-
Plaza Mayor de Madrid Toledo ko'chasi tomon
-
Maydonda politsiya otlari
-
1616-yilgi Filipp III haykali
-
2008-yil fevral oyida quyosh chiqishi
-
Madrid, Plaza Mayor
-
Madrid, Plaza Mayor
-
Madrid, Plaza Mayor
-
Plaza Mayor Casa de la Panaderia bilan chap tomonda
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Escobar, Jesus. The Plaza Mayor and the Shaping of Baroque Madrid. Cambridge, United Kingdom: The Prss Syndicate of The University of Cambridge, 2004 — 1-bet. ISBN 978-0521111539.
- ↑ „Plaza Mayor | Monumentos y edificios de Madrid | Madrid“ (es-es). www.guiaturisticamadrid.com. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
- ↑ James „Plaza Mayor Square - Madrid Tourist Attractions“ (en). www.madridtourist.info. Qaraldi: 2018-yil 6-noyabr.
- ↑ „Plaza Mayor of Madrid - Architecture and History“ (en). www.hostalpersal.com. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
- ↑ „Plaza Mayor of Madrid - Architecture and History“ (en). www.hostalpersal.com. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
- ↑ „Plaza Mayor of Madrid - Architecture and History“ (en). www.hostalpersal.com. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
- ↑ „Plaza Mayor“ (en). Drupal. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
- ↑ „Plaza Mayor of Madrid - Architecture and History“ (en). www.hostalpersal.com. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Plaza Mayor, description and pictures
- Plaza Mayor Information and photos.
- Plaza Mayor in English (Wayback Machine saytida 2020-11-24 sanasida arxivlangan) Visitor and student information, history, present day uses and photos.