Piter Paul Rubens

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1630-yillardan boshlab Flandriya karavadjizmining ustalari Rubens san’atining ta’siri ostida qolishdi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Flandriyalarning eng buyuk rassomi va XVII asr Yevropa rangtasvirining ajoyib ustalaridan biri Piter Paul Rubens (1577-1640) Germaniyaning Zigen shahrida tavallud topdi, Rubensning otasi taniqli huquqshunos bo‘lib, Niderlandiya fuqarolik urushi paytida bu erga ko‘chib kelgan bo‘lgan. Otasining o‘limidan so‘ng, onasi bilan birgalikda Antverpenga qaytib boradilar va u erda bo‘lajak rassom mukammal saboqlar ola boshlaydi.

Yoshlik chog‘idan har taraflama qobiyatli, barcha bilimlarini mukammal egallashga intilgan holda, Rubens rasm chizishni juda erta boshlagan. 1591-yilda u mashhur va u qadar e’tiborga sazovor bo‘lmagan rassomlar Tobias Verxaxt bilan Adam van Noort qo‘lida tahsil oladi. Bu erdan chiqib u Niderlandiya so‘nggi romanizmining yirik va taniqli vakili Otto van Venius (Veniusu) qo‘lida tahsil ola boshladi, ammo romantizm ijodkorlarining ijodiy ruhi Rubensga begona edi.

Rubensning yetuk iqtidori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rubensning tasviriy san’at bobida yetuk iqtidor sohibi sifatida shakllanishiga bevosita Italiya uyg‘onish va zamonaviy davrlarining san’atini chuqur o‘rganganligi asosiy sabablardan bo‘ldi. 1600-yildan to 1608-yilgacha Rubens Italiyada yashab, Mantuan gersogi Vinsenzo Gonzaning saroy rassomi lavozimini egallagan. Uyg‘onish davri buyuk rangtasvir ustalarining asarlaridan ko‘plab nusxalar ko‘chirishi hamda Italiyaning badiiy hayoti bilan yaqindan tanishish Rubensning badiiy dunyoqarashlarini kengaytirdi.

Yuqori Uyg‘onish davri buyuk ustalarining asarlarini o‘rganar ekan, Rubens Karavadjoning Italiyada o‘z davrida yetakchilik qilgan manerizmni engish uchun olib borilgan kurashlari tajribasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bunga Rubensning Karavadjoning “Tobutdagi solish” kartinasini ixtiyoriy ravishda qayta ishlashi uning ushbu rangtasvir ustasining ijodiga bo‘lgan yuksak qiziqish ko‘rsatganligidan dalolat beradi.

Yuqori Uyg‘onish davri rangtasvir ustalari orasida Rubens Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo va Titsianning ijodiy ishiga yuqori baholar bergan. Ammo Rubens Italiyaning o‘ziga xos xususiyatlari va hayotiy hissi bilan bog‘liq ravishda ijod etgan bu uchta ajoyib rassomdan farqli ravishda, unda Italiya uyg‘onish davrining chuqur o‘rganganligiga qaramay bunday fazilatlar yo‘q avval boshidan Flandriya tabiati aksi yorqin namoyon bo‘lgan edi.

Flandriyaga qaytib kelgandan so‘ng uning ijodi tubdan o‘zgardi, bunga rangtasvir muammolarini yechish jarayonida uning oldiga qo‘yilgan ommaviy qoidalar, badiiy muammolarni hal qilinishi sabab bo‘ldi.  

Buyurtmalar bilan ko‘mib tashlangan Rubens iste’dodli Flandriya rassomlarini birlashtirgan katta ustaxonani yaratdi. Bu erda Yevropaning ko‘plab poytaxt shaharlari, saroylari va ibodatxonalarini bezatib turgan juda katta hajmdagi san’at asarlari yaratilgan.

Eskizlar odatda Rubens tomonidan, aksariyat hollarda asar uning yordamchilari va shogirdlari tomonidan yaratilgan. Asar tayyor bo‘lgach, Rubens uni mo‘yqalami bilan, jonlantirgan va unda mavjud bo‘lgan ba’zi kamchiliklarni bartaraf etgan. Rubens eng yaxshi asarlarini boshidan oxirigacha o‘zi chizgan. Rubensning ijodiy yutuqlarga erishganligi va o‘z davrining eng oliy ma’lumotli odamlaridan biri sifatida namoyon bo‘lganligi, uning obro‘si, Flandriya jamiyati hayotida yuqori mavqega ega bo‘lishini ta’minladi. U ko‘pincha Flandriya hukumatining muhim diplomatik buyruqlari vakolatchisi sifatida hizmat etib, G‘arbiy Yevropaga ko‘p sayohat qilgan. Uning davlat arboblari va madaniyatning yetakchi namoyandalari bilan yozishmalarida uning tafakkuri kengligi, fikrlari ravshanligi va boyligi bilan ajralib turganligini ko‘rish mumkin. Uning xatlarida Rubensning ilg‘or badiiy pozitsiyalarini aniq tasvirlaydigan san’at haqida bir qator qiziqarli fikrlar mavjud.

Rubensning 3 bosqichli ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rubensning ijodi uch bosqichga bo‘linadi bular:

1. erta yoki boshlang‘ich 1610-yildan 1620-yilgacha,

2. etuk- 1620-yildan 1630-yilgacha,

3. so‘nggi 1630-1640-yillar hayotining oxirgi o‘n yilligini qamrab olgan bosqichdir. Rubens ijodiy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyati bu -bir bosqichdan boshqasiga sekin-asta, keskin harakatlarsiz o‘tishidir. Uning san’ati realizmni chuqurroq o‘zlashtirishga, hayotni yanada kengroq qamrab olishga va yasama barokko uslubini engishga qaratilgan edi, ushbu xususiyatlar Rubensning dastlabki ijodiy ishlariga xos bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Umumsan'at Tarixi" Abdullayev Obidjon Oripovich Toshkent-2020