Pistamozor ziyoratgohi
Xoja Abdulloh Tug'dor (Pistamozor) ziyoratgohi - Andijon viloyati Asaka shahridagi ,,Cho'ntak" markaziy bog'ining janubiy chekkasida qadimiy tepalik yonbag'rida joylashgan. VII asrda bu yerda Qoraxoniylar davlati Yezgenning poytaxti joylashgan. Tepalikdagi qabristonning o'rni avvallari pistazor bo'lgani uchun qabriston shunday atalgan. Mahalliy aholi orasida Xoja Abdulloh Tagdoriy nomi bilan ham yuritiladi. “Boburnoma” tarixiy asarida, payg‘ambarimiz Muhammad (S.A.V) dan kelib chiquvchi hurmatli saidlar oilasining vakili, Burxoniddin Qilich to‘g‘risida eslatib o‘tiladi. Uning oilasi ham Boburning o‘zi bilan bog‘liq edi. Qo‘qon xonligi tashkil etilgach, bu urug‘ avlodlari boshqa qo‘shni viloyat va qishloqlarga tarqatib yuborilgan. Ularning orasida, Xo‘ja Abdulloh Tug‘dor ham bor edi. Asakada yashay boshlagach mahalliy aholi orasida islom falsafasini targ'ib qila boshladi. Xo‘ja Abdulloh Tug‘dor, taxminan 1840 - yilda Asaka shahridagi Pistamozor qabristonida dafn etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]https://legacy.uz/uz/siz-bilgan-va-bilmagan-sirli-andijon/ (Wayback Machine saytida 2022-09-21 sanasida arxivlangan)