Pishirilgan olmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pishirilgan olmalar ― olmadan tayyorlangan shirin yegulik. Bolalar taomnomasi va parhez uchun qoʻllaniladi[1].

Olma urugʻlaridan tozalangan holatda patnisga terib, gaz pechida pishiriladi. Rus oshxonasida olmaning urugʻi olib tashlangan oʻrta qismiga shakar sepiladi, maydalangan yongʻoq, tuxum sarigʻi va shakar aralashmasi[2] yoki murabbo[3] bilan, Germaniyada apelsin murabbosi, sukatlar, mayiz va rom bilan toʻldiriladi[4]. Pishirilgan olmalarning ustki qismiga shakar kukuniga sepiladi yoki shakarli sirop, asal, koʻpirtirilgan qaymoq, vanilli sous[5] bilan bezatilgan holda maxsus kremanka idishlarida stolga tortiladi. Olma xamirga oʻrab pishirilishi ham mumkin. Pishirilgan olmalar asosiy taom sifatida qiyma bilan toʻldiriladi yoki taomga garnir sifatida shakarsiz holda qoʻshib beriladi[6].

Germaniyada shakar va dolchinli olmalar (nemischa: Bratäpfel — „pishirilgan olma“) qishda, ayniqsa Rojdestvodan oldin juda ommalashib ketadi, ular Rojdestvo bozorlaridagi anʼanaviy shirinliklardan biri hisoblanadi. Barcha nemislar F. Kyogelning 1901-yilda bolalar uchun yozilgan „Pishirilgan olma“ sheʼri soʻzlarini yaxshi bilishadi, janubiy nemis lahjasida u klassika sifatida tan olingan[7].

„Bayram oldidan“ hikoyasida Teffi nemis bolalar kitobidan foydalanib, rus va nemis gastronomik madaniyati oʻrtasidagi farqni koʻrsatib beradi: quloqsiz nemis bolakayi Genrix kechki ovqatsiz qolgani, „opa-singillari va aka-ukalari mol goʻshtidan mazali qayla tanovul qilganlarida, Genrix pishilgan olma hamda bir finjon shokolad“ bilan jazolangani, rus bolalari esa bunday jazoni baxt deb hisoblashlari aytiladi[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Российская газета: Хорош фрукт“. 2022-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-fevral.
  2. Русские блюда на нашем столе 1990.
  3. Книга о вкусной и здоровой пище 1954.
  4. Erhard Gorys 1997.
  5. Сладкие блюда 1959.
  6. „Аргументы и факты: Витамин на каждый день. Почему печёные яблоки — лучший десерт?“. 2022-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-fevral.
  7. Der Stern: Рождественское сладкое блюдо: домашние печёные яблоки под ванильным соусом
  8. "Predprazdnichnoe"%20(Teffi) Vikiteka

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Абатуров П. В., Цыплёнков Н. П. „Яблоки печёные“,. Сладкие блюда, напитки, 2-е 200000 экз, М.: Госторгиздат, 1959 — 76—77 bet. 
  • Аношин А. В., Михайлов В. С. „Яблоки печёные. Яблоки, печённые с мёдом. Яблоки, фаршированные орехами“,. Русские блюда на нашем столе. Краснодар: Краснодарское книжное издательство, 1990 — 198—199 bet. 
  • „Яблоки печёные“,Кулинария, 500000 экз, М.: Госторгиздат, 1955 — 640 bet. 
  • Рагель С. И. „Яблоки печёные“,. Технология приготовления пищи: учеб. пособие, 1400 экз, Мн.: РИПО, 2018 — 439 bet. ISBN 978-985-503-827-7. 
  • „Печёные яблоки с вареньем“,Книга о вкусной и здоровой пище, 500000 экз, М.: Пищепромиздат, 1954 — 323 bet. 
  • Erhard Gorys. Bratäpfel // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 76. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9.