Mustahkamlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Pishiqlik tor maʼnodadan yoʻnaltirildi)

Mustahkamlik, pishiqlik tor maʼnoda — materiallar (metall, yogʻoch, temir-beton va boshqalar)ning tashqi kuch taʼsirida yemirilishga chidamlilik xususiyati; ken g maʼnoda — materiallarning ham yemirilishga, ham shaklini oʻzgartirishga (plastik deformatsiya, yaʼni qaytmas shakl oʻzgarishiga) qarshilik qilish xossasi. Materi-alning ham tashqi kuch, ham ichki kuch taʼsirida ("oʻz-oʻzidan") yemirilishga chidamliligi pishiqlik deb ataladi. Pishiklik M.ni ham oʻz ichiga oladi. M. jismni tashkil qiladigan atomlar, molekulalar va ionlarning oʻzaro taʼsirlashuv kuchlariga (bu kuchlarning kattakichikligiga) bogʻliq boʻladi. M. faqat materialning oʻziga emas, balki uning qanchalik zoʻriqqanligi (choʻzilganligi, qisilganligi, egilganligi vab.)ga, materialdan foydalanish sharo-iti [tra, kuch taʼsir etish tezligi va takrorlanish (sikllari) soni, atrof muhitning taʼsiri va boshqa]ga ham bogʻliq boʻladi.

Yuqorida aytib oʻtilgan omillarning qaysi biri mavjudligiga qarab, M. pishiklik chegarasi, oquvchanlik chegarasi, toliqish chegarasi va boshqa oʻlchovlar bilan ifodalanadi. Materiallarning M.gi chegaralari qiymati davlat standartlarida belgilab qoʻyiladi. M. shu qiymatga yetganda materialdan foydalanish xavfli hisoblanadi. Materiallarning M. chegarasi N/m2 (yaʼni muayyan yuzaga taʼsir qiladigan kuch) bilan oʻlchanadi.

Materiallarning M.gini oshirish juda muhim tadbir qisoblanadi. Buning uchun materialga termik (issiqlik) yoki mexanik ishlov beriladi, qotishmalarga legirlovchi qoʻshimchalar qoʻshiladi (qarang Legirlash), material radioaktiv moddalar bilan nurlantiriladi, armaturalar va boshqa mustahkamlovchi elementlar bilan kuchaytiriladi (mas, temir-beton materiallarda beton ichiga temir armaturalar qoʻyib ketiladi).

Materiallarning M.gi masalalari bilan materiallar qarshiligi fani shugʻullanadi. Bironbir materialni muayyan bir maqsadda ishlatish uchun (mas, mashina detallari yasash, imorat qurish, relyelar tayyorlash va boshqalar) u M.ka sinab koʻriladi (qarang Materiallarni sinash). Buning uchun turli usullar, asboblar, mashinalar, stendlar, hisobkitoblar, formulalardan foydalaniladi. Sinash natijalari davlat standartlari koʻrsatkichlariga, albatta, mos kelishi shart.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil