Piktografiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Piktografik yozuvdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Piktografiya (lot. pictus — chizilgan, tasvirlangan va ...grafiya) — yozuvning rivojlanish bosqichlaridan, fo-netik yozuvdan oldingi yozuv turi: muayyan axborot mazmunini biron-bir rasm yoki qatʼiy ketma-ket kelgan rasmlarda aks ettirish usuli. Amerika indeyslari, Tropik Afrika xalkdari, Avstraliya va Okeaniya tub aholisi, Sibirdagi ayrim elatlar (yukagir, nanay va boshqalar) orasida tarqalgan va xatto 20-asr gacha amal qilib kelgan. P.ning kad. namunalari paleolitga (ayrim olimlarning fikricha — neolitga) mansubdir. Garchi, shuni aytish kerakki, paleolit davridagi suratlar bilan P. orasiga chega-ra qoʻyish mumkin emas. P. belgilari — piktogrammalar fonetik yozuv belgilaridan shu bilan farq qiladiki, ular aniq til birligiga bogʻliq emas va ular xohlagan tilda xohlagancha talqin qilina-di: bir piktogramma muayyan bir soʻz, uning sinonimi, soʻz birikmasi, bir necha maʼnoga ega boʻlgan ran yoki bir necha ran tarzida "oʻqilishi" mumkin.

Piktogrammalar tipologik jixatdan 2 ga: tasvirlanayotgan tushuncha yoki predmetlar bilan oʻxshash boʻlgan (mas, quyosh belgisi "quyosh", "kunduz" va "kun" tushunchalarini anglatadi) va ramziy, shartli (genetik jihatdan 1-turdagi piktogrammalardan kelib chiqqan, lekin obʼyekt bilan oʻxshashligi yoʻqolgan) piktogrammalarga ajraladi. Piktografik axborot birgina murakkab belgidan yoki bir necha sodda piktogrammalarning qatʼiy ketma-ketligidan iborat boʻlishi mumkin. P. keyinchalik iyeroglifik hamda fonetik yozuvlarning kelib chiqishiga asos boʻlgan.

Hozirgi madaniy jamiyatda ham P. yordamchi aloqa vositasi sifatida, mas, yoʻl belgilari tizimida, koʻrgazmalar va xalqaro musobaqalardagi koʻrsatkichlar sifatida qoʻllanadi (koʻp tillilik sharoitida yoki aksar aholi savodsiz boʻlgan hollarda bu narsa katta ahamiyatga egadir).

Anvar Ismoilov, Abduvahob Madvaliyev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil