Pigment hujayralar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Pigment Hujayralardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Pigment hujayralar, xromotoforlar — neyroektodermadan hosil boʻladigan, erkin joylashgan yoki epiteliy tarkibiga kiruvchi hujayralar; koʻpchilik umurtqasizlar va barcha umurtqali hayvonlarda teri va uning hosilalari (pat, yung), koʻzning rangini belgilovchi pigmentlarni sintez qiladi. Pigment hujayralar organizmni ultrabinafsha nurlardan himoya qilish, termoregulyasiya funksiyasini bajaradi. Pigment hujayralar hayvonlar jinsni tanib olishi va ular rangining xilma-xil boʻlishida katta ahamiyatga ega. Oʻsimlik gullarining xilma-xilligi ham Pigment hujayralar bilan bogʻliq. Pigmentlar hujayra sitoplazmasida maxsus pigment donachalarida sintezlanadi. Pigment hujayralarningfunk-siyasi nerv va endokrin sistema orkali boshqariladi. Ularning funksiyasi mavsumiylik va endogen bioritmiklikka ham bogʻliq. Pigmentatsiya tirik organizmlarning tashqi muhitga moslashishida katta ahamiyatga ega. Odam te-risidagi tugʻma xollar melanoblastlarning notoʻgʻri taqsimlanishi natija-sida hosil boʻladi. Ayrim omillar taʼsirida tugʻma xollar baʼzan xavfli oʻsmalar, yaʼni melanomalarga aylanishi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil