Kontent qismiga oʻtish

Pietro d'Abano

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pietro d'Abano
Tavalludi Tahminan 1250-yillar
Abano Terme, Padua, Venetsiya, Italiya.
Vafoti 1316-yil
Rim, Papa qarorgohi.
Taʼlimi Padua universiteti.
Kasbi Faylasuf, doktor, professor, munajjim, astronom.

Pietro d’Abano – Abanalik Pyotr (italyancha: Pietro d’Abáno, lotincha: Petrus Aponensis; taxminan 1250-yilda Abano Termeda tugʻilgan, 1316-yil Paduada vafot etgan) – Padua universitetining italyan shifokori, faylasufi va munajjimi[1].

U oʻz ismini olgan Italiya shahrida tugʻilgan, hozirda bu shahar Abano Terme deb ataladi. U „Conciliator Differentiarum, quae inter Philosophos et Medicos Versantur“ (1472) inshosi bilan shuhrat qozongan. Natijada, u bid’at va ateizmda ayblanib inkvizitsiyaga tortilgan[2]. U 1315-yilda (baʼzi manbalarda 1316-yil) sud jarayoni tugagunga qadar qamoqda vafot etgan[3].

U Konstantinopolga (1270-1290 yillar oraligʻida) koʻchib oʻtishidan avval, Gretsiyada bir muddat yashagan[4]. Taxminan 1300-yillar oraligʻida Parijda falsafa va tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olgan va muvafaqqiyatli amaliyotchi boʻlgan, biroq shu bilan bir qatorda uning tibbiy amaliyoti juda koʻp pul talab qilgan. Parijda u „Buyuk Lombard“ nomi bilan mashhur boʻlib, Paduada qoʻnim topadi hamda shifokor sifatida shuhrat qozonadi. Shu bilan bir qatorda, munajjimlik va sehr-jodu bilan shugʻullanganlikda ayblangan[5]. Ayblovlarga koʻra, u shaytonning yordami bilan faylasuf toshiga ega boʻlgan[6].

U yashirin okkultsion fanlar boʻyicha tadqiqotlarida shu qadar ilgarilab ketadiki, fiziognomiya, geomansiya va palmistikaga oid asarlarida eng ishonchli dalillarni keltirib, falsafa, fizika va astrologiyani oʻrganishga kirishadi. Bu tadqiqotlar uning uchun juda foydali boʻlib, uni oʻz davrining barcha papalari bilan aloqaga oʻrnatishiga hamda olimlar orasida obroʻ qozonishiga olib keldi. Bundan tashqari, uning munajjimlik sohasidagi mahorati quyidagilardan koʻrinadi:

  1. Paduadagi saroyning katta zalida chizgan astronomik tasvirlar;
  2. Buyuk alloma Rabbiy Ibrohim ibn Ezro kitoblaridan qilgan tarjimalari;
  3. Tanqidiy kunlar haqidagi kitoblari;
  4. Astronomik bilimlarni chuqurlashtirish;
  5. Mashhur matematik Regiomontanusning Al-Fargʻoniyning osmon jismlarining harakati haqidagi „Astronomiya elementlari“ durdona asari munosabati bilan Paduadagi ommaviy nutqida uning munajjimlik boʻyicha mahoratiga yuqori baho bergan guvohliklari.

Abanoning falsafiy gʻoyalari arab faylasuflari (xususan, Averroes) tomonidan talqin qilingan neoplatonizm va aristotelizmning xilma-xilligi edi. Abano Paduan falsafa maktabining asoschisi hisoblanadi. Pietro d’Abano vafotidan yuz yil oʻtgach, Paduada uning sharafiga ustun oʻrnatildi. Pietro d’Abanoning baʼzi asarlari faqat qoʻlyozmalarda saqlanib qolgan.

Qoʻlyozmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U oʻz asarlarida Averroes, Avitsenna hamda boshqa islom yozuvchilarining tibbiy-falsafiy tizimlarini ochib beradi va himoya qiladi. Uning eng mashhur asarlari: „Faylasuflar va tabiblar oʻrtasidagi tortishuvlarning tugashi“ (1472-yil) va „Zaharlar va ularning davolari toʻgʻrisida“ asarlari boʻlgan. Ularning har ikkisi ham 15-asr oxiri – 16-asrlarda oʻnlab qoʻlyozma va turli bosma nashrlarda saqlanib qolgan. Birinchisi, tibbiyot nazariyasi va Arastu tabiat falsafasi oʻrtasidagi aniq qarama-qarshiliklarni yarashtirishga urinish boʻlib, 16-asrda katta shuxratga erishgan. Ikkinchisi xurofot, zahar va infektsiyalarga oid arab nazariyalarini bayon qilgan.

U ikki marta inkvizitsiyaga topshirilgan. Birinchi marta oqlangan, lekin ikkinchi sud jarayoni tugagunga qadar vafot etgan. Oʻlimidan soʻng ham u aybdor deb topildi va uning jasadini gulxanda yoqib yuborish buyrugʻi eʼlon qilingan. Biroq uning doʻsti yashirincha murdasini olib chiqadi va shuning uchun inkvizitsiya hukmni omma oldida eʼlon qilish va Abanoning qoʻgʻirchoq koʻrinishini yoqish bi;an kifoyalanadi.

Barret inkvizitsiya Pietroni sehr-jodu tufayli emas, balki u tabiatdagi moʻjizaviy hodisalarni farishta yoki jinlarga bogʻlamay, samoviy jismlar taʼsirida tushuntirishga harakat qilgani uchun oʻlimga hukm qilgan degan fikrga ishora qiladi.

„Conciliator Differentiarum“da Pietro Marko Polo bilan uning sayohatlari davomida osmon gumbazini kuzatish haqida suhbatlashganini xabar qiladi. Marko Janubiy Xitoy dengiziga qaytayotganida, rasmda „xalta shaklidagi“ (ut sacco) yulduzni katta dum (magna habet caudam) bilan koʻrganini aytadi. Pietro d’Abano bu soʻzlarni Janubiy yarim sharda shimoliy qutb yulduziga oʻxshash yulduzni koʻrish mumkinligini tasdiqlash sifatida talqin qilgan, lekin ehtimol bu kometa boʻlgan[7]. Astronomlar 1200-yillarning oxirida Yevropada kometalar boʻlmaganini tasdiqlashadi, lekin 1293-yilda Xitoy va Indoneziyada kometa koʻrilganligi haqida maʼlumotlar mavjud. Pietro d’Abano oʻzining „Conciliator Differentiarum“ asarida ushbu suratni saqlab qolgan. Shuningdek, ushbu hujjatda burunida shox bilan tasvirlangan ulkan hayvonning tasviri keltirilgan, bugungi kunda bu Sumatra karkidoniga tenglashtiriladi. Pietro d’Abano bu hayvon uchun Marko tomonidan berilgan aniq nomni keltirmaydi, uning oʻrniga, Rustichello uni yagona shoxli hayvon bilan tenglashtirgan deb hisoblanadi[8].

Shuningdek, „Conciliator Differentiarum“ (Diss. 67) d’Abano genuyaliklar Ugolino, Vandino va Vivaldining dengiz yoʻli orqali Hindistonga ekspeditsiyasini eslab oʻtadi[9].

  • „De venenis eorumque remediis“ (Mantuya, 1472-yil);
  • „Liber compilationis physionomicae“ (Paduya, 1474-yil);
  • „Expositio problematum Aristotelis“ (Mantuya, 1475-yil);
  • „Quaestiones de febribus“ (Paduya, 1482-yil)
  • „Geomantia“ (Venetsiya, 1549-yil).
  1. Kibre, Pearl & Siraisi, Nancy G. (1978) Science in The Middle Ages, ed. David Lindberg, Chicago, IL: University of Chicago Press. p. 135.
  2. Francis Barrett. The magus: being a complete system of occult philosophy.. New York: S. Weiser., 2000. ISBN ISBN 0-87728-942-5.. 
  3. Tsoucalas G, Karamanou M, Androutsos G (2011). «The eminent Italian scholar Pietro d’Abano (1250—1315) and his contribution in anatomy». Ital J Anat Embryol. 116 (1): 52-5. PMID 21898974
  4. DeHaan, Richard (1997). «Abano, Pietro D'». In Johnston, Bernard (ed.). Collier’s Encyclopedia. Vol. I A to Ameland (First ed.). New York, NY: P.F. Collier. pp. 6-7.
  5. Ему приписывался важный текст Astrolabium planum in tabulis ascendens.
  6. Chisholm, Hugh, ed. (1911). «Abano, Pietro D'». Encyclopædia Britannica. Vol. 1 (11th ed.). Cambridge University Press. p. 7.
  7. Jørgen Jensen, The World’s most diligent observer Архивная копия от 19 декабря 2020 на Wayback Machine, in Asiatische Studien, vol. 51, n. 3, 1997, pp. 719—728.
  8. Francesco Bottin, Pietro d’Abano, Marco Polo e Giovanni da Montecorvino Архивная копия от 21 августа 2022 на Wayback Machine, in Medicina nei Secoli, vol. 20, n. 2, 2008, pp. 507—526.
  9. Girolamo Tiraboschi, Storia della letteratura italiana: all’anno MCLXXXIII fino all’anno MCCC, Firenze, presso Molini, Landi e C., 1806, p. 107.
  • Luigi Olivieri: Pietro d’Abano e il pensiero neolatino. Filosofia, scienza e ricerca dell’Aristotele greco tra i secoli XIII e XIV. Edizioni Antenore, Padua 1988, (Saggi e testi 23), (Zugleich: Dissertation, Universität Padua).
  • Tsoucalas G, Karamanou M, Androutsos G (2011). «The eminent Italian scholar Pietro d’Abano (1250—1315) and his contribution in anatomy». Ital J Anat Embryol 116 (1): 52-5. PMID 21898974.
  • Eugenia Paschetto: Pietro d’Abano. Medico e filosopho. Nuovedizioni E. Vallecchi, Florenz 1984.
  • Premuda, Loris. «Abano, Pietro D'.» in Dictionary of Scientific Biography. (1970). New York: Charles Scribner’s Sons. Vol. 1: pp. 4-5.
  • Leo Norpoth, «Zur Bio-Bibliographie und Wissenschaftslehre des Pietro d’Abano, Mediziners, Philosophen und Astronomen in Padua», Kyklos (1930) 3: 292—353
  • Lynn Thorndike, A history of magic and experimental science, Vol. II: During the first thirteen centuries of our era. New York: Columbia university press, 1923, ISBN 0-231-08795-0
  • Sante Ferrari, I tempi, la vita, le dottrine di Pietro D’Abano: saggio storico-filosofico, Genova: Tipografia R. Istituto Sordomuti, 1900