Petr Lebedev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Petr Nikolayevich Lebedev [1866. 24.2(8.3) - Moskva - 1912. 1(14)3] -rus fizigi, fiziklarning birinchi rus ilmiy maktabini yaratgan. Moskva universiteti prof. (1900—11). 1891 yilda oʻzidan nur chiqaradigan jismlar orasida oʻzaro itarishish kuchi mavjudligini, bu esa yorugʻlik bosimi tufayli ekanligini hamda yorugʻlik bosimi taʼsirida dumli yulduzlar paydo boʻlishini isbotlagan. Birinchi boʻlib millimetrli elektromagnit toʻlqinlarni qosil qilgan (1895) va ularni oʻrgangan. Qattiq jismlarga (1899) va gazga (1908) yorugʻlik bosimi taʼsir etishini kashf etgan va uni oʻlchagan. Bu bilan u yorugʻlikning elektromagnit nazariyasini miqdor jihatdan tasdiqlagan. Yer aylani-shining yer magnetizmini hosil boʻlishiga taʼsirini oʻrgangan. Rossiya FA fizika instituti uning nomi bilan ataladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil