Peter Madsen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Peter Madsen
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Peter Planch Madsen
Tavallud sanasi 26-aprel 1978-yil (1978-04-26) (46 yosh)
Tavallud joyi RoskilleDaniya
Boʻyi 178
Ampluasi Hujumchi(futbol)
Klub maʼlumoti
Joriy klub
karyerasini tugatgan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997—2003 Brondbyu 124 (40)
2003 Volfsburg 4 (0)
2003—2005 Bochum 51 (18)
2005—2007 Kyoln 21 (0)
2007—2012 Brondbyu 50 (5)
2011—2012 Lyungbyu 30 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Peter Planch Madsen (1978-yil 26-aprelda tugʻilgan) — daniyalik professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peter Planch Madsen 1978-yil 26-aprelda Daniyaning Roskelle shahrida tugʻilgan. 2007 yildan 2012 yilgacha Daniyaning „Brondbyu“ klubida oʻynagan[1]. Peter ushbu jamoada 1997-yildan 2003-yilgacha vaqt oraligʻida oʻynagan (124 ta oʻyin oʻtkazgan, 40 ta gol urgan). Peter Germaniya Bundesligasining „Volfsburg“ (2003), „Bochum“ (2003-2005), „Kyoln“ (2005-2007) klublarida ham oʻynagan, 2006 yilda Angliyaning „Sautgempton“ klubida ijara asosida oʻynagan[2].

Peter 2001-yildan 2005-yilgacha Daniya terma jamoasida oʻynagan, 13 ta oʻyin oʻtkazgan, 3 ta gol urgan. 2002-yilgi jahon chempionati va 2004-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Magic vender hjem til Brøndby IF (14.05.2007)“. 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  2. „Saints sign up Madsen and Ostland (30.01.2006)“. 2020-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  3. „Denmark name EURO 2004 squad (12.05.2004)“. 2020-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]