Perro Sharl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Perro Sharl (1628.12.1, Parij -1703.16.5) — fransuz shoiri va tanqidchisi. Fransiya akademiyasi aʼzosi (1671). 19-asr fransuz adabiyotida avj olgan "qadimgilar va yangilar bahsi"da ishtirok etib, zamondosh yozuvchilarning qad. yozuvchilardan afzalligini yoqlab chiqqan va shu bilan shuhrat qozongan. Ilk parodiyali dostoni — "Troya devori " (1653). Shundan keyin uning "Buyuk Lyudovik asri" (1687) dostoni hamda 4 j.li "Sanʼat va fan masalasida qadimgilar bilan yangilar oʻrtasidagi qiyoslar" (1688— 89) dialog shaklida yozilgan asari, "Ayollarning taʼrifu tavsifi" (1694) satirik sheʼri eʼlon qilingan. P. soʻnggi 2 asarida Bualo singari zamondoshlari bilan bahs-munozara yuritgan. P.ning adabiyotning maʼrifiy ahamiyati hamda adabiy taraqqiyotning fan va tamaddunga bogʻliqligi masalasidagi qarashlari fransuz maʼrifatparvarlari tomonidan rivojlantirilgan. Ammo P.ning fransuz adabiyotidagi katta oʻrni "Onaginam Gusina bonuning ertaklari yoki Oʻtgan zamonlarning ibratli voqea va ertaklari" toʻplami bilan belgilanadi. Mazkur toʻplam P. ning oʻgʻli Darmankur nomidan eʼlon qilingan. U dastlab 8 ta er-takdan tashkil topgan boʻlib, keyinchalik yana 3 ta sheʼriy ertak hiso-biga boyigan. Fransuz adabiyotidagi antik madaniyat anʼanalariga qarshi kurashgan P. xalq ertaklariga xos "qissadan hissa" chiqarish tamoy-ilini samarali, deb hisoblagan. U ertakka hazil-mutoyibalar yordamida chinakam xalq ijodiga xos lato-fat va jozibani olib kirdi. P. "Er-taklar"i fransuz adabiyotida xalq-chillikning oshishi va ertakning adabiy janr sifatida rivojlani-shiga katta taʼsir koʻrsatgan. P.ning ertaknavislik anʼanalari akauka Grimmlar, L.Tik, X.K.Andersen singari yozuvchilar tomonidan davom ettirildi. P.ning "Zolushka", "Etik kiygan mushuk", "Koʻk soqol" singari ertaklari asosida opera va balet spektakllari, multfilmlar yara-tilgan. P.ning ayrim ertaklari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar[tahrir]

  • Volshebnne skazki, M., 1984.