Perle uzum navi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pearl — Perle (nemischa: Perle- „marvarid“ yoki nemischa: Perle von Alzey — „Alzey marvaridi“) — uzumning texnik (sharob ishlab chiqarish uchun) navi. Uning mevasidan Germaniyada oq vino ishlab chiqariladi. Poʻstining pushti va hatto qizgʻish rangiga qaramay, u oq uzumlar navida tasniflanadi.

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turni 1927-yilda nemis vino ishlab chiqaruvchisi Georg Schue (nemischa: Georg Scheu) Alzey shahrida Gewürztraminer × Myuller-Thurgau ni chatishtirish orqali olgan. Shu bois Alzey shahri sharafiga Alzey marvaridi deb nomlangan. 1950-yilda Hans Breider (nemischa: Hans Breider) Bavariya davlat vinochilik va oʻsimlikshunoslik institutida (nemischa: Bayerische Landesanstalt für Weinbau und Gartenbau) shbu navni koʻpaytirishni boshladi. Oʻshandan beri u oddiygina Perle deb ataladi.

1961-yilda nav Germaniyada yetishtirish uchun tasdiqlangan. Ushbu navni Buyuk Britaniya ham oʻz hududida koʻpaytirish uchun tasdiqlangan.

Hududi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Perle, asosan, Germaniyaning ikkita vino ishlab chiqarish mintaqasi — Frankoniya va Reynhessenda yetishtiriladi[1]. Nav oʻz mashhurligini yoʻqotib bormoqda va u ekilgan uzumzorlar maydoni asta-sekin kamaymoqda: 1994-yilda 181 gektar, 2001-yilda 93 gektar, 2008-yilda 43 gektar[2] va 2015-yilda atigi 19 gektar maydonda ushbu uzum yetishtirilgan[1].

Asosiy xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barglari kichik, uch yoki besh boʻlakli. Gul ikki jinsli. Shingillari oʻrtacha, konussimon, mevalari zich joylashgan, qanotsimon. Rezavorlari oʻrtacha, ovalsimon yumaloq shaklda, pushti yoki qizil tusda. Erta pishadigan nav hisoblanadi. Oq Shasla (uzum navi)dan keyin 10-20 kun ichida pishadi. Nav kurtaklarni kech chiqarishi bois bahorgi ayozlardan kam zarar koʻradi. Oidium va Peronosporaceae oilasiga mansub chirish kasalligiga chidamsiz, kulrang mogʻorga esa chidamli.

Qoʻllanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alkogol darajasi uncha yuqori boʻlmagan, ishqoriyligi past va taʼmi yuqori boʻlgan oq vinolarni tayyorlashda foydalaniladi[3].

Sinonimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Perle, Perle fon Alzey, Zuchtstammnummer Az 3951, Zuchtstammnummer Wü S 3951.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Beschreibende Sortenliste: Reben (2015), str. 378(olm.)
  2. Beschreibende Sortenliste: Reben (2008), str. 199(olm.)
  3. J. Robinson Jancis Robinsonʼs Wine Course Third Edition pg 117 Abbeville Press 2003 ISBN 0-7892-0883-0(Inglizcha)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]