Lev Penkovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Penkovskiy Lev Minayevichdan yoʻnaltirildi)

Lev Minayevich Penkovskiy (1894.01.31(02.12), Kremenchug- 1971.26.7, Moskva) — rus shoiri, uzbek sheʼriyatining tarjimonlaridan biri. Adabiy faoliyati 1917-yilgacha boshlangan boʻlishiga qaramay, 20-yillarning 2yarmida shoir sifatida tanila boshlagan. 30-yillardan boshlab asosan badiiy tarjima bilan shugʻullangan. Oʻrta Osiyo xalklari ogʻzaki ijodi, mumtoz sheʼriyati obidalari va zamonavii shoirlarining koʻplab asarlarini rus tiliga tarjima qilgan. P. Firdavsiyning "Shohnoma", Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin", Bedilning "Komde va Modan" dostonlari, Umar Xayyom ruboiylari, Bobur gʻazal va ruboiylari, Oybek, Xdmid Olimjon, Zulfiya va boshqa uzbek, gruzin, arman, eston, tatar, boshqird, chuvash, yoqut shoirlarining sheʼrlari-ni, shuningdek, oʻzbek xalqining "Al-pomish", "Orzigul", qirgʻiz xalqining "Manas", qozoq xalqining "Qiz-Ji-bek" singari epos va dostonlarini rus tiliga tarjima qilgan. U ayni paytda Gyote, Geyne, Beranje, Gyugo kabi jahon mumtoz shoirlarining asarlarini ham rus tiliga oʻgirgan. P. qaysi tidsan tarjima qilgan boʻlsa, shu tilning lisoniy va musiqiy xususiyatlarini, u yoki bu shoirning ijodiy-individual uslu-bini oʻrganish, tarjima qilinayotgan asardagi milliy ruhni saqlashga alo-hida eʼtibor bergan. Tarjimalari "Tanlangan sheʼriy parchalar" (1956), "Asrlar va yillar osha" (1960), "Chang" (1971) toʻplamlarida nashr qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Skvoz veka i godi, T., 1960.