Pavel Falaleyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pavel Petrovich Falaleyev (1919-yil 12-iyun1985-yil 14-iyun, Moskva) — sovet davlat va iqtisodiy arbobi.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

1919-yil 12-iyunda Pochepnoye qishlogʻi Dmitriyevskiy tumani Kursk viloyatida dehqon oilasida tugʻilgan. 1935-yilda oilasi Yaltaga koʻchib oʻtgan. Mehnat faoliyatini 1935-yilda chilangar shogirdi sifatida boshlagan, duradgor boʻlib ishlagan.

1943-yilda Moskva energetika institutini tamomlagandan soʻng, Pavel Petrovich Falaleyevning butun faoliyati SSSRning turli mintaqalarida energetika va energetika obyektlarini qurish bilan uzviy bogʻlangan.

Yutuqlari:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • ,,Chirchiqqurilish” qurilish-montaj trestining yigʻish kontori katta ustasi (1943—1944),
  • Boʻz-Su GESi qurilishida yigʻish uchastkasi katta prorabi (1944—1945),
  • Yigʻish idorasi ishlab chiqarish-texnik boʻlimi katta muhandisi (1945),
  • Farhod GESi qurilishida montaj uchastkasi boshligʻi (1945—1951),
  • Oq-Kavak-1 GES qurilishi yigʻish uchastkasi boshligʻi (1951—1952),
  • Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatidagi SSSR Elektr stansiyalari xalq komissariyati,,Glavgidroenergostroy”ga qarashli,,Sredazgidroenergostroy” tresti Shaharxon gidroelektrostansiyalari qurilish boshqarmasi bosh muhandisi (1953).
  • 1953-1955 yillarda - Moskvadagi SSSR Elektr stansiyalari vazirligining Energetika akademiyasining talabasi.
  • 1955-yildan 1959-yilgacha – ,,Sredazgidroenergostroy” tresti bosh muhandisining oʻrinbosari.
  • 1960—1967-yillarda – Toshkentdagi SSSR Energetika va elektrlashtirish vazirligining Glavvostokgidroenergoqurilish,,Oʻzbekgidroenergoqurilish” tresti boshqaruvchisi.
  • 1967—1968-yillarda — Toshkent shahrida OʻzSSR qurilish materiallari sanoati vaziri.
  • 1968-yildan 1984-yilgacha – Moskvada SSSR energetika va elektrlashtirish vazirining birinchi oʻrinbosari.

1985-yil 14-iyunda Moskvada vafot etgan. Kuntsevo qabristoniga dafn etilgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]