Paul Cornu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Paul Cornu
Paul-Cornu-1.jpg
Paul Cornu òzining vertalyoti rulida,
oilaviy albomdan
Tavalludi
fransuzcha: Paul Cornu

15-iyun 1881-yil(1881-06-15)
Glo-la-Ferrier, Orn departamenti, Fransiya
Vafoti 6-iyun 1944-yil(1944-06-06)
(62 yoshda)
Lisieux, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya bayrogʻi Fransiya
Kasbi mexanik-ixtirochi, aviamuhandis, uchuvchi
Millati fransuz

Paul Cornu (talaffuzi: Paul Cornu; 1881-yil 15-iyun, Glo-la-Ferrier — 1944-yil 6-iyun, Lisieux) — fransuz mexanik-ixtirochi va aviatori, ilk vertolyotsoz, vertolyotda uchgan dunyodagi birinchi odam (1907-yil 3 (13)-noyabr).

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jules va Lisieux Cornuning 15 ta farzandi ichida eng kattasi boʻlgan. 1890-yilda, Paul 9 yoshga toʻlganda, oila Normandiyadagi Lisieuxga koʻchib oʻtdi. Uning otasi Jyul, qoʻli gul hunarmand boʻlgan, chizishni bilgan va bir nechta ixtirolarga ega edi, 1884-yilda u dirijabl rejasini tuzadi. Otasining sevimli mashgʻulotlari albatta oʻgʻli Paulning kelajagiga ijobiy taʼsir qiladi.

Paul 14 yoshida u oʻzining birinchi ixtirosini — inkubator uchun harorat regulyatorini ixtiro qildidi. U otasi bilan oilaviy garajda ishlar, velosiped va tikuv mashinalarini taʼmirlardi. Ularning ustaxonasida nasos va motorlar ham taʼmirlanardi.

U butun umrini boʻydoqlikda oʻtkazdi. Normandiyada qoʻshinlarni tushirish operatsiyasining birinchi kunida Ittifoqchilarning fransuz qirgʻoqlarini bombardimon qilishi natijasida halok boʻlgan.

Vertolyot ixtirosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avval, Cornu faqat ikki ot kuchiga ega boʻlgan kichik motor bilan harakatlanadigan ikki vintli vertolyot modelini yasaydi. Uning ogʻirligi 13 kilogrammni tashkil etadi va u ishlaydi.

Cornu 1906-yil 4-oktabrda mahalliy kollej hovlisida vertolyotning ishlashini namoyish etdi. Hayratga tushgan tomoshabinlar oldida kichik vertolyot uchib ketdi.

1907-yilda fransuz muhandisi Paul Cornu õzining ilk vertolyotida.

Shundan soʻng odamlar ixtirochi haqida gapira boshlashdi. Shahar, homiylar yordamida muhandisga moliyaviy yordam berdi va u bir odamni havoga koʻtarishga qodir boʻlgan yanada kuchli prototipni yasashga kirishdi. 3 (13)-noyabrda Normandiyada, u butun dunyoda birinchi boʻlib Vertolyotda uchib yerdan 2 m balandlikka koʻtarilib, havoda taxminan 20 soniya uchib turishga muvaffaq boʻldi. Cornuning asosiy maqsadi vertolyotni boshqariladigan qilish edi. Shu maqsadda ixtirochi parraklar ostiga maxsus sirtlarni oʻrnatdi, ular parraklardan kelayotgan havo oqimini qaytarib, qurilmaga maʼlum miqdorda manevr qilish imkoniyatini berardi. Cornu vertolyoti hali ham yomon boshqarilsa-da, muammoga yechim topishda toʻgʻri yoʻnalish olgandi.[1]

Vertolyot nusxasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Byukkeburg vertolyotlar muzeyi

2007-yil 13-noyabrda Paul Cornuning butun dunyoda ilk bor amalga oshirgan parvozining 100 yilligi munosabati bilan, Byukkeburg vertolyotlar muzeyi tomonidan ixtiroching „Cornu № II“ vertolyotining haqiqiy oʻlchamdagi nusxasini yasaydi va uni muzey ekspozitsiyasiga qabul qildi.

Ixtirolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vertolyotdan tashqari:

  • 1898-yil — motorli velosiped;
  • 1899-yil — aylanuvchi dvigatel uchun patent;
  • 1900-yil — oʻzgaruvchan siqish darajasi boʻlgan porshenli dvigatel;
  • 1901-yil — termal soat;
  • 1902 va 1903 — bugʻli uch gʻildirakli velosiped va mototsikl;
  • 1904-yil — kamlitrli (malolitrajka).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Savinskiy Yu. E. Nasledniki injenera da Vinchi. — CreateSpace Independent Publishing Platform, 2012. — 460 s. — ISBN 978-1475107234.