Patra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Patridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Patra, Patri — Yunonistondagi shahar, Peloponnes ya.o.da. Axeya nomining maʼmuriy markazi. Aholisi 170 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Ioni dengizining Patrikos qoʻltigʻidagi port (chetga magiz, vino, jun, zaytun moyi chiqariladi). P.dan Italiyaning Brindizi shahriga parom qatnaydi. Mashi-nasozlik, shina ishlab chiqarish, yogʻochsozlik, koʻn-teri, oziq-ovqat, toʻqimachilik, qogʻoz sanoati korxonalari; universitet bor. Turizm rivojlangan. Meʼmoriy yodgorliklardan qasr va boshqa saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil