Park Min Young

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Park Min Young (koreyscha:박민영; 1986-yil 4-martda tugʻilgan) – Janubiy Koreyalik aktrisa[1]. Uning boʻyi 1.64 metr va vazni taxminan 41 kg. Park „Sungkyunkwan Scandal“(2010) tarixiy sarguzasht dramasidagi roli orqali mashhurlikka erishgan. Shundan soʻng u „City Hunter“ (2011), „Glory Jane“ (2011), „Doctor Jin“(2012), „A New Leaf“(2014), „Healer“(2014–2015), „Remember“ (2015–2016), „Queen for Seven Days“(2017), „Whatʼs Wrong with Secretary Kim“(2018), „Her Private Life“(2019), „When the Weather Is Fine“(2020), „Forecasting Love and Weather“(2022) va „Love in Contract“(2022) kabi teleseriallarida rol oʻynagan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Park Min Young

Park Min Young 2022-yil
Tavalludi 1986-yil 4-mart
Janubiy Koreya, Seoul
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Taʼlimi Dongguk Universiteti
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2005-yildan-hozirgacha
Boʻyi 1.64m

Park Min Young 1986-yilning 4-martida Seoulda oddiy koreys oilasida tugʻilgan. Park Min Young oʻrta maktabda oʻqiyotgan davrlarida XALQARO almashinuv talabasi sifatida AQShda tahsil olgan[2]. 2013-yilning fevral oyida Park Seouldagi Dongguk universitetini teatr mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Park Min Young 2005-yilda SK Telecom reklama roligida oʻzining koʻngilochar debyutini qilgan. Oʻzining aktyorlik faoliyatini bir yildan soʻng 2006-yilda „High Kick sitcom“ida boshlagan. U televideniya dramalarda „I Am Sam“(2007)[4] filmidagi taniqli gangsterning yagona qizi rolini oʻynagan. „Ja Myung Go“(2009) dramasida yovuz malika rolini hamda „Running,Gu“(2010) filmida ikki marafon yuguruvchisi oʻrtasida qolgan qizni oʻynagan.2008-yilda esa BigBang guruhning Haru Haru qoʻshigʻida G-Dragonning sevgilisi rolini ijro etgan. Shuningdek, 2010-2017-yillarda Park Min Young koʻplab dramalarda rol ijro qiladi.

2018-yilda esa Park oʻzining birinchi romantik komediya dramasida Pak Seo Jun bilan birga „Whatʼs Wrong with Secretary Kim“ serialida rol ijro etgan va bu rol Parkning mashhurligini oshirdi. 2019-yilda Park Kim Chje Vuk bilan birga oʻzining ikkinchi romantik komediyali dramasi „Her Private Life“da rol oʻynaydi. 2020-yilda esa Seo Kang-Jun bilan birga JTBC telekanalining „Weather is Fine“ ishqiy dramasida rol oʻynagan. 2021-yilning 29-dekabrida Parkning „Namoo Actors“ agentligi bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilganidan keyin u bu agentlik bilan shartnomasi oʻz nihoyasiga yetgani eʼlon qilgan[5]. Oradan bir kun oʻtgach, „Hook Entertainment“ bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilgan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Korean stars representing luxury brands“ (en). Manila Standard (2020-yil 8-sentyabr). — „Min-young or Rachel Park, who rose to fame for her roles in “What’s Wrong with Secretary Kim?” and “Her Private Life,”...“. 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-dekabr.
  2. „Cover story: Rachel Min-young Park“.
    1. legend magazine (2020-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-iyul.
  3. „Actress Park Min-young attends a graduation ceremony at Dongguk University in Seoul“. The Chosun Ilbo (2013-yil 16-fevral). 2013-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-may.
  4. „Doll-Like Actress Park Min-young Captures Viewers' Hearts“. KBS Global (2007-yil 29-avgust). 2014-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-avgust.
  5. Moon Ji-yeon. „[단독 박민영, 나무엑터스와 결별..FA 시장 나왔다“] [[Exclusive] Park Min-young breaks up with Namoo Actors... FA market] (ko). Sports Chosun (2021-yil 29-dekabr). 2021-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-dekabr.
  6. Yoo Jeong-min. „박민영, 후크 엔터와 전속계약…윤여정·이승기와 한솥밥 [공식“] [Park Min-young signed an exclusive contract with Hook Entertainment... Yeo-jeong Yoon, Seung-gi Lee, and Rice in One Pot [Official]] (ko). Ten Asia (2021-yil 30-dekabr). 2021-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.