Panoftalmit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Panoftalmit — (grekcha „pan“ hammasi, „oftalmos“ koʻz) koʻzning hamma qismlarini oʻtkir yalligʻlanishi.[1]

Etiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Panoftalmit — ogʻir yiringli infeksiyalarning koʻz olmasiga turli yoʻllar bilan kirishi (adenovirus, stafillakokk, streptokokk, pnevmokokk, koʻk yiring tayoqchasi), zamburugʻlar orqali va sepsisdan keyin paydo boladi.[2]

Klinikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Panoftalmitda koz ogʻrigʻi, shish, qovoq va konyunktiva giperemiyasi, shox parda shishi bilan birga 1-3 kun ichida old kamera yiring bilan toladi. Ekzooftalm paydo boladi va bemorlarning umumiy ahvoli yomonlashib, isitmasi koʻtariladi, koʻngli ayniydi hamda qusa boshlaydi.  

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umumiy ahvolni kuchaytiradigan dorilar bilan birga, venaga va muskul ichiga keng spektrli antibiotiklar (morfotsiklin, fortum va h.k.z), shishasimon tana ichiga 1-10 000 fortum 0,3ml. kiritiladi. Koʻrish tiklanmasa ham koʻz olmasini saqlab qolishga harakat qilinadi. Shundayam tuzalmasa koʻz olmasi evisteratsiya qilib olib tashlanadi.

Profilaktikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

yuqori darajali miopiyaning oldini olish, ateroskleroz va gipertoniyning rivojlanish fazalarining oldini olish, travmalardan ehtiyot boʻlish zarur.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yuldasheva. shishasimon tana, 6, Toshkent: Cho'lpon — 54-55 bet. ISBN 978-9943-05-869-9. 
  2. Yuldasheva. shishasimon tana, 6, Toshkent: Cho'lpon — 54-55 bet. ISBN 978-9943-05-869-9. 
  3. Muxamadiyev. shishasimon tana kasalliklari, Toshkent, 2020 — 271 bet. ISBN 418-49908-2020.