Panda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.


Panda, kichik panda (Ailurus fuldens) — yenotsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi, urugʻning yagona turi. Baʼzan ayiqsimonlar oilasiga yoki katta panda bilan birga pandasimonlar oilasiga kiritiladi. Gavdasi 51—63 sm, dumi 28—48 sm. Boshi dumaloq, yuz qismi kichik, rangi sargʻish, qorin tomoni va oyoqlari krramtir, "yuzi" oqish tusda. Jan.-gʻarbiy Xitoy, Nepal, Shim. Myanma, Shim.-sharqiy Hindistonda tarqalgan. Togʻ bambukli oʻrmonlarda yashaydi. Bambuk nihollari, oʻtlar, mevalar, baʼzan qushlar tuxumi va mayda sut emizuvchilar bilan ozikla-nadi. Yilda 1 marta 1—2 tadan (baʼzan 4 tagacha) bola tugʻadi.[1]

Dunyodagi eng chiroyli ayiqlar, bu — pandalardir. Ularning ikki turi fanga maʼlum: Katta (ulkan) panda va Kichik panda.

Panda Vashingtondagi milliy qoʻriqhonada

Katta Panda (lotincha Ailuropoda melanoleuca „oq—qora kotonog“), bambuk ayigʻi sutemizuvchi ayiqlar oilasiga mansub boʻlib, vatani Markaziy Xitoy hisoblanadi. Katta Panda togʻli hududlarda yashaydi, masalan, Sichuan va Tibet. XX asrning yarmidan panda Xitoyning milliy ramzi sifatida qabul qilindi. Ulkan Pandaning uzunligi 1.2 — 1.5 metrgacha va vazni 17 kg dan 160 kg gacha boʻlishi mumkin. Boshqa ayiqlarga nisbatan uzunroq dumga ega (12 sm gacha). Panda oʻziga hos tusga ega boʻlgan ayiqdir. Ulkan Panda Xitoyning togʻli qismlaridagi bambukli oʻrmonlarda yashaydi. U juda hurkovich, ehtiyotkor hayvon hisoblanadi. Kunduzlari ular panogoh — inlaridan deyarli chiqmaydi. Qorongʻi tushishi bilan ularning joʻshqin faoliyatlari boshlanadi va yemish qidirishga kirishadi. Ular xush koʻrgan oziq bambuk novdalaridir. Panda oʻn soatlab toʻxtamay bambuk yeyishga qodir. Baʼzida hamma narsani ham tanovul qilaveradilar: qushlarning tuxumlarini, ayrim hasharotlarni vahokazo. Shu sababli uni yirtqichlar guruhiga kiritishadi. Ulkan panda ayiqqa oʻxshash boʻlib, tanasi oq rangda, qulogʻi, koʻzining atrofi, oyoqlari va qoʻllari va burni qora rangda.Baqquvat kalta orqa oyoqlari oʻtkir tirnoqlarga ega. Ulkan Pandaning old oyoqlarining bosh barmogʻi oldida joylashgan maxsus suyagi yordamida bambukni tutib olishda foydalanadi.

Yirik panda San — Diegodagi qoʻriqhonada

    Pandalar oʻzlarining hududiga ega boʻlishadi, ular qoyalarga va daraxtlarga oʻz belgilarini qoʻyadilar. Bir qancha erkak Pandalar bitta moda Panda ustidan talashib, urushishi mumkin. Pandalar qishning oxirida koʻpayadilar. Hozirda Panda Jahon Qizil Kitobi ga kiritilgan. Sababi Xitoyning mustamlakachiligi davrida Panda oʻzining chiroyli terisi uchun Mustamlakachilar tomonidan ovlangan. Bu esa Pandalarning keskin kamayib ketishiga olib kelgan. Katta panda yoʻqolib borayotgan turlardan hisoblanadi: ularning populyatsiyasi yildan — yilga kamayib bormoqda, chunki ular yovvoyi tabiatdan ham, tutqunlikda ham tugʻilish darajasi juda past. Olimlarning taxminicha, Katta Pandalar soni tabiatda 1600 ga yaqin qolgan.

    Qiziqarli fakt :

    Xitoycha nomi " ayiq — mushuk " maʼnosini bildiradi va agar teskarisiga oʻqilsa ham shu maʼno hosil boʻladi. Katta Pandalar Umumjahon (WWF) fondining timsoli hisoblanadi.

Kichik panda

Kichik panda

Fanda Ailurus fulgens " olov kabi boʻlgan mushuk " nomi bilan ataladigan, yoki Kichik Panda nomi bilan ham mashxur boʻlgan bu hayvon yenotlar oilasiga mansub boʻlib, asosan, oʻt va maysalar bilan oziqlanadi. Tanasining oʻlchami mushuklarnikidan biroz yirikroq.    Tanasining uzunligi 51 — 64 sm, dumining uzunligi 28 — 48 sm, vazni esa 3 — 4.5 kg. Gavdasi uzun, dumi momiqday, boshi keng, tumshugʻi qisqa va choʻzinchoq, qulogʻi uzun. Panjalari qisqa, kuchli va oʻtkir tirnoqlarga ega. Yungining ustki qismi malla yoki yongʻoq rangli. Tirnoqlari qora, dumi malla, boshi och rang va koʻzlarining atrofi goʻyo niqob kiyilgandek. Tishi 38 ta.     Kichik Pandalar asosan, Xitoyning Yunnan va Sichuan viloyatlarida, Birmaning shimolida, Butan, Nepal va shimoli — sharqiy Hindistonda uchraydi. Dengiz sathidan 2000 – 4000 m tepalikda joylashgan togʻli bambukli oʻrmonlarda, moʻtadil sharoitda yashaydi.     Kichik Panda koʻpincha tungi hayot tarzini olib boradi, kunduzi inida dumi bilan boshini yopib uxlaydi. Xavf — xatarni sezganda daraxtga chiqib oladi. Pandalar yerda sekin va besoʻnaqay harakatlanishadi, ammo, daraxtda juda moxirona tirmashib yuradi. Lekin asosan, yerda oziqlanishadi.

    Kichik Panda yirtqichlar turkumiga mansub boʻlsa — da, yemishining 95 % ini yangi barglar va bambuk novdalari tashkil etadi. Qolgan 5 % ini — hoʻl mevalar, rezavorlar, qoʻziqorinlar, qushning tuxumlari va kichik kemiruvchilar tashkil etadi. Katta Pandalardan farqli oʻlaroq Kichik Pandalar ovqatlanishda juda injiq. Agar Katta Panda bambukning butunlay hammasini yesa, Kichik Panda nozikroq novdalarni qidiradi. Kuzatishlar shuni koʻrsatdi — ki, Kichik Pandalar yemak izlash uchun sutkaning 13 soatini sarflashi mumkin ekan. Kichik pandalar yolgʻiz yashaydi. Urgʻochi pandaning " oʻziga tegishli " boʻlgan maydoni 2.5 km² ga yaqin boʻladi, erkak pandalarniki esa ikki marta koʻproq boʻladi. Pandalarning koʻpayishi asosan, yanvar oylariga toʻgʻri keladi. Toʻrttagacha bola koʻrishi mumkin. Panda bolalari onasi bilan bir yilgacha yonma — yon boʻlishi mumkin.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil