Kontent qismiga oʻtish

Palandoken chang'i markazi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Palandöken chang'i markazi Turkiyaning Erzurum viloyatining Palandöken tumanida joylashgan chang'i kurortidir . Markaz 2011-yilda 2011-yilgi Jahon Universitetlari qishki o'yinlari uchun qurib bitkazildi. Palandöken togʻining etagida, Erzurum viloyati markazidan 7 km janubi-gʻarbda joylashgan[1][2].

Tog'-chang'i markazining poydevori 2200 metr, yuqori qismi esa 3176 metrni tashkil qiladi[3]. Gondol liftiga qo'shimcha ravishda 460 gektar tog'-chang'i zonasida har xil qiyaliklarga ega 22 ta yo`lakka xizmat ko'rsatadigan beshta ochiq lift liniyasi mavjud. Markazdagi chang'i mavsumi odatda oktyabr oyining oxirida boshlanadi va baland hududlarda may oyining birinchi haftalarida tugaydi. "Ajdaho" va "Kapikaya" chang`i yo`laklari eng uzun yo`laklari bo'lib, bu yerda olimpiada musobaqalari ham o`tkazilgan. Maxsus chang`i yo`laklarining umumiy uzunligi 28 km, eng uzuni 12 km, balandligi esa 1100 metr[4].

Har bir chang`i yo`lagi 8100 ta chang`ichini sig`dirish imkoniyatiga egadir. Turli hajmlardagi 8 ta ochiq lift va 1 ta gondol lift xizmat ko`rsatmoqda.

Tog'-chang'i markazidagi mehmonxonalar va shahardagi boshpanalar turar joy vazifasini o`tamoqda.

Tog‘ yonbag‘irlari qorong‘uda chang‘ida uchish mumkin bo‘lishi uchun yoritilgan, bu yerlarda mahalliy vaqt bilan soat 16.00 da qorong`u tusha boshlaydi[1][4]. 2017-yil yanvar oyida maxsus chang`i yo`laklarini yoritish kuchaytirildi[5].

2012-yil dekabr oyida faoliyat yuritish huquqi Turkiya chang'i federatsiyasidan Erzurum viloyat Yoshlar xizmatlari va sport boshqarmasiga o'tkazildi[2]. 2011-yilgi Qishki Universiada oʻyinlari tugaganidan keyin changʻi kurorti bir muddat ishlamay qoldi[4]. Chang'i markazining faoliyati 2016-yil sentyabr oyida Erzurum shahar hokimiyatiga topshirildi.

Palandoken chang`i markazi mezbonlik qilgan ba'zi xalqaro turnirlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2011-yilgi Jahon universitetlari qishki o'yinlari - 27-yanvar - 6-fevral - snovbord va fristayl chang'i musobaqalari[1].
  • 2017-yilgi Yevropa yoshlar Olimpiya qishki festivali - 12-17-fevral - tog' chang'isi va snoubord[6].
  1. 1,0 1,1 1,2 „Palandöken kayak sezonuna hazır“. Hürriyet (2 aralık 2014). 27 ocak 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 ekim 2021.
  2. 2,0 2,1 „Palandöken, Kayak Federasyonu'ndan alındı“. Hürriyet (27 aralık 2012). 21 ekim 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 ekim 2021.
  3. „Palandöken ve Konaklı kayak merkezleri belediyeye verildi“. Hürriyet (2 eylül 2016). 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 ekim 2021.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Türkiye’nin kış sporları merkezi: Palandöken“. Hürriyet (2 aralık 2015). 23 ekim 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 ekim 2021.
  5. „Kayak merkezleri ışıklandırıldı“. Hürriyet (29 ocak 2017). 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 ekim 2021.
  6. „EYOF heyecanı başlıyor“. Hürriyet (11 şubat 2017). 6 haziran 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 ekim 2021.