Pakta sunt servanda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
shartnoma
shartnoma

Pakta sunt servanda (lot.pacta sunt servanda — so‘zma-so‘z: shartnomalarni hurmat qilish lozim) — xalqaro shartnomalarni vijdonan bajarish (ado etish) va davlatlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga qatʼiy rioya qilish tamoyili hisoblanadi[1]. Tomonlarga maʼlum bo‘lgan, ammo ular tomonidan har doim ham tatbiq etilmaydigan qadimiy qoida. Pakta sunt servanda xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, tomonlarning xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarini qatʼiy va vijdonan bajarishi zarurligini bildiradi. Shartnomalar odatda kuchlarning maʼlum bir muvozanatini o‘rnatadi, ularning o‘zgarishi esa ko‘pincha ushbu qoidani eʼtiborsiz qoldirilishiga olib keladi. Pakta sunt servanda tamoyiliga rioya qilmasdan xalqaro munosabatlarning barqarorligiga va ularning huquqiy qo‘llab-quvvatlanishiga erishib bo‘lmaydi. Uning buzilishi xalqaro huquqiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Pakta sunt servanda tamoyili faqat xalqaro huquqqa to‘liq mos ravishda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Bu esa o‘zaro teng bo‘lmagan shartnomalarga taalluqli emasligini anglatadi. Rim davrida faqat shartnomalar majburiy deb hisoblanar, ular paktlar kamroq kuchga ega hamda ular xuddi shu tabiiy majburiyatlardan kelib chiqadi deb hisoblanadi, ammo hech qanday tarzda fuqarolik harakatlari emas edi. Bu Vizantiya qonunchiligidagi pacta sunt servanda tushunchasi bilan butunlay oʻzgaradi[2].

Ushbu tamoyil BMT Nizomida, 1969-yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasida, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik bo‘yicha Kengashning yakuniy aktida va boshqa xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „pacta sunt servanda“ (Inglizcha). www.britannica.com. Qaraldi: 24-noyabr 2022-yil.
  2. John Stephens. „Pacta Sunt Servanda Bu nimani anglatadi? Istisnolar“ (O'zbekcha). uz.warbletoncouncil.org (1-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2022-yil.