Oʻzbekiston-452
Qiyofa
"OʻZBEKISTON-452" — oʻrtacha ertapishar tarvuz navi. Butunittifoq oʻsimlikshunoslik institutining Oʻrta Osiyo tajriba st-yasida chiqarilgan. Mevasi dumaloq, oʻrtacha kattalikda, yuzasi silliq, poʻsti oqishyashil, qoramtiryashil yoʻllari bor, ogʻirligi 5–8 kg. Eti mayin, pushtirang, zichligi oʻrtacha, sersuv, shirin. Tarkibida qand miqdori 9—11%. Urugʻi yirik, sargʻishqora halqasi bor. Niholi unib chiqqanidan keyin birinchi hosili 70—75 kunda pishadi. Hosildorligi 200—ZOOts/ga. 1951-yildan ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi. (rasmi Tarvuz maqolasida berilgan).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |