Otsiket
![]() | Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|

1964-yilda AQShda Felininolog Virjiniya Deyl qisqa moynali mushuklarni yetishtirib chiqarish bilan shugʻullangan. Buning uchun u abissin siam va Amerika zotli mushuklarni olgan. Natija quvonchli va hayratga loyiq boldi: kichkina mushukcha ekzotik moyna rangini meros qilib oldi. Bengal mushuklarining avlodida yovvoyilar ham bolgan, lekin aynan mana bu yangi dunyoga kelgan mushukcha ozining "kamuflyaj" yani tashqi qoplamasi bilan honakilashgan mushuklardan olgan maqtovga sazovor edi. Bu zotni kashf qilgan ayol qizining iltimosiga binoan mushukchaning tashqi korinishi otselotga oxshab ketganini xisobga olib unga Otsiket deb nom berdi. Uchta zot chatishmasidan hosil bolgani mushukka kuch, sogʻliq va goʻzal mushakli tana bagishladi. Chempionlik maqomini otsiket 1987-yilda TICA va CFAda qolga kiritdi. Bugungi kunda Shimoliy Amerika Assotsiatsiyalari, shubhasiz, ushbu chiroyli mushukni tan oladilar va uni koʻrgazmalarga bajonidil taklif qiladilar. Otselotga ozshash qirralari juda kop. Quvvati yuqori darajada bolib uzoq vaqt oyinga berilishi mumkin. Egasiga sodiq va unga kuchli organib qolishi mumkin. Juda ham rashkchi bolishiga qaramay turli buyruqlarga tez organishi mumkin. Rossiyada otsiket zotli mushuklar noyob bolgani uchun uni asosan chet eldan olib kelinadi.