Otish sporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Otish sporti — sport turi, oʻq otish quroli va pnevmatik qurol (oʻiiq stvolli va silliq stvolli qurollar), shuningdek, kamondan otish. Sport atamashunosligida, odatda, oʻq otish Otish sporti deb ataladi. Otish sportida harakatlanmaydigan va harakatlanib turadigan nishonlarga qarab miltiq, pistolet yoki revolver (toʻpponcha)dan oʻq uziladi. Hozirgi zamon musobaqalari diametri 162,4 mm li nishonlarga 50 m masofadan 5 soat 15 min. davomida miltikdan (yotgan holda, tik turib va tizzalab) 3 x40 ta oʻq uzish; 50 m masofadan 2 soat davomida oʻsha nishonga miltikdan 60 ta oʻq uzish (yotgan holda); 1320x70 mm kattalikdagi harakatlanib turadigan nishon — "chopib ketayotgan toʻngʻiz"ga 2 kun mo-baynida 30+30 ta oʻq uzish (tik turib, miltiqni koʻtara solib darhol); oʻzi oʻklanadigan pistoletdan 1600 x450 mm kattalikdagi 5 ta figurali nishonga 25 m masofadan 2 kun mobaynida 2x30 ta oʻq uzish (tik turib); bir zaryadli pistoletdan 500 mm diametrli nishonga 50 m masofadan 2 soat 30 min. davomida 60 ta oʻq uzish (tik turib) mashklarini oʻz ichiga oladi. Oʻq otish boʻyicha birinchi musobaqalar 1824 yil Shveysariyada oʻtkazilgan. Jahon chempionatlari 1897 yildan (1954 yildan —4 yilda 1 marta) oʻtka-ziladi. 1921 yil Xalqaro Otish sporti uyushmasi (UIT)ga asos solingan. Otish sporti barcha Olimpiada oʻyinlari (1904, 1928 yildan tash-kari) dasturiga kiradi.

Oʻzbekistonda Otish sporti keng tarqalgan sport turlaridan biri hisoblanadi. 20-asrning 20-yillaridan ommalasha boshladi. Qulay iqlim sharoiti tufayli butun yil davomida qurollarning barcha turidan merganlar tayyorlab kelingan. Otish tirlari va poligonlari respublikaning barcha viloyatlarida bor. 1960—80 yillarda Otish sporti respublikada, ayniqsa, kjsalishga erishdi. Bu davrda Oʻzbekiston vakillari Yevropa va jahon chempionatlarida 100 dan ortiq medalni, shuningdek, Olimpiada oʻyinlarining 2 ta kumush medalini qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston Otish sporti federatsiyasi 1992 yil tuzildi va Xalkaro otish sporti uyushmasiga qabul qilindi. 1995 yildan Osiyo otish sporti konfederatsiyasiga aʼzo boʻldi. Jahon chempionlari A. Oripov, Ye. Kondratyev, S. Lazareva stendga otish boʻyicha, A. Kodnikov, A. Romanov oʻq otish boʻyicha va Olimpiada oʻyinlarining sovrindorlari A. Asraboyev va R. Yambulatov respublikadagina emas, xal-qaro miqyosda tanildilar. Mustaqillik yillarida D. Muxtorov, Sh. Ahmedov, E. Osmonov, N. Repichev, Yu. Shaxova, N. Dolbikina, A. Aksenova Osiyo oʻyinlari, qitʼa chempionlari, jahon ku-bogi musobaqalarining gʻoliblari va sovrindorlari boʻldilar.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil