Otaturkchilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mustafo Kamol Otaturk

Otaturkchilik yoki Kemalizm (turk. Atatürkçülük) – Mustafo Kamol Otaturk tomonidan ilgari surilgan turk milliyligi mafkurasidir. Hozirga qadar ushbu mafkura Turkiya Respublikasida rasmiy maqomga ega hisoblanadi. Otaturkchilikning hozirgi tarafdorlari ushbu mafkurani rivojlanayotgan mamlakatlar uchun eng mos keladigan model deb bilishadi.

Otaturkchilik mafkurasining asosini olti oʻq (turk. Altı Ok) tashkil etadi. Ilk toʻrtta „oʻq“ 1927-yilda yaratilgan. 1931-yilda esa yana ikkita „oʻq“ qoʻshilib hozirgi koʻrinishga kelgan. 1937-yilda „olti oʻq“lar Turkiya Respublikasi Konstitutsiyasi orqali tasdiqlangan.

Olti oʻq ushbu mezonlardan tashkil topgan:

  • „Respublikachilik“ (turk. Cumhuriyetçilik)
  • „Millatchilik“ yoki „Milliychilik“ (turk. Milliyetçilik)
  • „Xalqchilik“ (turk. Halkçılık)
  • „Dunyoviylik“ (turk. Laiklik)
  • „Davlatchilik“ (turk. Devletçilik)
  • „Inqilobchilik“ (turk. İnkılapçılık)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kemalism - Oxford Islamic Studies Online“. www.oxfordislamicstudies.com. 2010-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-may.