Oshlovchi moddalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oshlovchi moddadan yoʻnaltirildi)

Oshlovchi moddalar — teri va moʻynani oshlashda ishlatiladigan moddalar. Oshlovchi moddalar mineral va organik turlarga boʻlinadi. Xrom, alyuminiy, sirkoniy, titan, kremniy, temir birikmalari mineral Oshlovchi moddalarga kiradi. Bu birikmalarning koʻpchiligi sulfat kislota tuzlari boʻlib, suvli eritmalar holida ishlatiladi. Xrom birik-malari teri va moʻynalarning barcha turini oshlashda keng qoʻllanadi. Sirkoniy birikmalari terini chidamli va sirtini silliq qiladi.

Organik. Oshlovchi moddalar hayvon, sunʼiy va sintetik turlarga boʻlinadi. Turli baliqlar va dengiz hayvonlarining yuqori toʻyinmagan yogʻlari hayvon Oshlovchi moddalariga mansubdir. Ular zamshani oshlashda qoʻllanadi. Oʻsimlik Oshlovchi moddalariga kiradigan tannidlar oʻsimlik organlarida boʻladi. Turli oʻsimliklardan olingan tannidlarning tarkibi turlicha, ular gidrolizlanadigan, kondensirla-nadigan va aralash xillarga boʻlinadi. Tannidlar eritmasini har qanday turdagi terini oshlashda ishlatish mumkin.

Sunʼiy Oshlovchi moddalar yuqori molekulali moddalar boʻlib, organik xom ashyolarni qayta ishlovchi sanoat chiqindilaridan iborat. Sunʼiy Oshlovchi moddalar ishlatish oson boʻlishi uchun konsentrlanadi, baʼzida esa tozalanadi. Sellyulozani qayta ishlashda hosil boʻlgan sulfit-sellyuloza ekstrakti sunʼiy Oshlovchi moddalarning yaqkrl vakilidir. Bu xil Oshlovchi moddalar teri yarim fabrikatiga tannidlarga Karaganda tez singadi.

Sintetik Oshlovchi moddalar yoki sintanlar turli organik birikmalardan olinadigan Oshlovchi moddalardir. Fenol va uning xreilalari, aromatik uglevodorodlar, naftollar, sulfonlar, lignosulfon kislotalar, formalin, mochevina va boshqa sintanlarning asosiy xom ashyosi hisoblanadi. Sintanlarning oʻsimlik Oshlovchi moddalar bilan birga ishlatiladigan xili ham bor. Yukrri sifatli sintetik Oshlovchi moddalar olini-shi natijasida qimmatbaho eman da-raxti ekstrakti ishlab chiqarish keskin ravishda kamaydi. Oshlovchi moddalarning turi koʻpaydi, xos-salari va sifati yaxshilandi va teri ishlab chiqarish jarayoni tezlashdi.

Xinon va formaldegid ham oshlash xossasiga ega boʻlgan oddiy organik birikmalardir. Ular tannidlar va xrom birikmalari bilan birgalikda oshlashda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil