Orkestr qoʻngʻiroqlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻngʻiroqlar (partiturali belgisi — Campane tubolari, Orkestr qoʻngʻiroqlari; nemischa: Röhrenglocken, inglizcha: tubular bell) — simfonik orkestrning zarbli cholgʻu asbobi (idiofon).

Ustunli ramkada (taxminan, 2 m balandlikda) osilgan, diametri 25-38 mmli 12-18 ta silindrsimon metall quvurlar toʻplami. Ovoz chiqarish uchun ular boshiga teri qoplangan bolgʻacha bilan uriladi.

Ovoz qatori, odatda, xromatik (nazariy jihatdan u har qanday boʻlishi mumkin), diapazon 1-1,5 oktava (odatda F dan; u chiqqan tovushdan bir oktava balandroq belgilanadi).

Zamonaviy quvurli qoʻngʻiroqlar damper bilan jihozlangan. Orkestr qoʻngʻiroqlari qoʻngʻiroq ovozini imitatsiya qiladi. Qoʻngʻiroqlar orkestr tarkibiga Fransiya Buyuk Burjua inqilobi davrida kiritilgan, deb hisoblanadi. Bu sohada ustuvorlik, koʻpincha, fransuz bastakori Luidji Cherubiniga[1] beriladi. Gektor Berliozning yozishicha, qoʻngʻiroqlar partituralarda sof musiqiy effektlardan koʻra koʻproq teatr taʼsirida qoʻllanila boshlandi: „Past qoʻngʻiroqlar ovozi faqat tantanali yoki ehtirosli sahnalarda mos keladi; baland qoʻngʻiroqlar, aksincha, tinchroq taassurot qoldiradi; Ularda qishloqqa xos soddalik bor va bu ularni qishloq hayotidagi diniy sahnalar uchun, ayniqsa, mos qiladi“[2]. U birinchi marta rus orkestr musiqasiga Mixail Glinka tomonidan "Podsho uchun hayot " operasida („ Shon-sharaf“ finali) kiritilgan: „Qoʻngʻiroqlarning bayramona“ qizil jiringlashi ostida „Shon-sharaf“ xori zavq bilan yangraydi… Tignlovchi sodir boʻlayotgan narsaning ulugʻvorligini, iloji boricha, kuchliroq his qilsin va anglasin. Glinka orkestr va xor partiyasiga qoʻngʻiroqlarni kiritadi. Xor, orkestr va qoʻngʻiroq sadosi bir butunga birlashadi va shu yaxlitlikda ular operani qiyomiga yetkazadi"[3].

Zamonaviy turdagi qoʻngʻiroqlar 1894-yilda ingliz Jon Xarrington (John Harrington) tomonidan patentlangan, ammo ular ilgari ishlatilganligi haqida ham dalillar mavjud. Ovoz balandligi silindrning uzunligiga, diametri kattaroq yoki kichikroqligiga — tovushning kuchiga bogʻliq[4]. Klassik (haqiqiy, cherkov) qoʻngʻiroqlari bilan solishtirganda, silindrsimon qoʻngʻiroqlarni sozlash ancha oson va ular tembrda bir oz farq qilsa-da, anchagina ixchamdir. Shu bilan birga, orkestr qoʻngʻiroqlarining tarqalishiga qaramay, orkestrda klassik qoʻngʻiroqlar ham qoʻllaniladi.

MIDI[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orkestr qoʻngʻiroqlari MIDI asboblarining standart toʻplamiga 15 raqami ostida kiritilgan.

Pop musiqada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jaz, pop-musiqada qoʻllaniladi. Britaniyalik multiinstrumentalist Mayk Oldfild Tubular Bells (1973), Tubular Bells II (1992), Tubular Bells III (1998) (shuningdek, zamonaviy yutuqlarni hisobga olgan holda trilogiyaning birinchi albomi Tubular Bells 2003 ning qayta yozilgan versiyasini chiqardi) musiqiy trilogiyasini yaratib, tinglovchilar orasida katta shuhrat qozondi. Faqatgina Britaniyada birinchi qismning 2 630 000 nusxasi (Buyuk Britaniyada barcha davrlarning eng koʻp sotilganlar roʻyxatidagi 34-albom) va dunyo boʻylab 15-17 million nusxada sotilgan[5]. Ushbu albomlarning muqovalarida doimo Mayk Oldfildning taniqli ramziga aylangan egik silindrsimon qoʻngʻiroq tasvirlangan.

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Михеева 1984.
  2. Берлиоз 1972.
  3. Чернова Л. В, Сорокина М. Е. (2012). Голос колокола в судьбе народа и в музыке отечественных композиторов (Педагогическое образование в России nashri). pp. 256–260. ISSN 2079-8717. https://cyberleninka.ru/article/n/golos-kolokola-v-sudbe-naroda-i-v-muzyke-otechestvennyh-kompozitorov. 
  4. „History - Vienna Symphonic Library“ (en). www.vsl.co.at. 20-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-noyabr 2021-yil.
  5. Informatsiya ob albome Tubular Bells

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Берлиоз, Гектор. Большой трактат о современной инструментовке и оркестровке. (В 2-х частях) / Перевод, редакция, вступительная статья и комментарии С. П. Горчакова. — M.: Музыка, 1972. — 930 с.
  • Михеева Л. В. Колокола // Музыкальный словарь в рассказах. — M.: Советский композитор, 1984.