Orifjonboy masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Orifjonboy masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Olmazor
Hudud Tashkent City Bog'i
Manzil Yangi Toshkent koʻchasi 1
Meʼmoriy uslub Art Nouveau
Homiylar Orifjon Mallaboyev
Binokorlik sanasi 1915 yil
Gumbazlar soni 2
Minoralar soni 1
Qurilish materiali Gʻisht, yogʻoch

Koordinatalari: 41°31′8″N 69°25′1″E / 41.51889°N 69.41694°E / 41.51889; 69.41694 G O

Orifjonboy masjidi — Toshkent shahrida joylashgan tarixiy masjid[1]. 20-asr boshlarida Oʻzbekistonda Art Nouveau uslubida barpo etilgan birinchi binolardan biridir. Masjid qurilishi uning hisobidan tashkil etilgan asoschisining nomi bilan ataladi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan. „Orifjonboy“ masjidi XX asrning boshida Orifjon Mallaboyev tomonidan qurilgan. 2019-yilda Tashkent City loyihasi amalga oshirilishi doirasida qayta taʼmirlangan. Masjidning nomlanishi va masjid haqida ochiq manbalarda maʼlumot topishning iloji yo'q. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori[3] ilovasida keltirilgan „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼektlari“ Toshkent shahriga tegishli bandida[4] „Orifjonboy“ masjidi haqida maʼlumot uchratish mumkin[2].

Toshkent city[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Beshyogʻoch daxasining Qoratosh mahallasida joylashgan. Hozirgi kunda bu yerda Toshkent city majmuasi barpo etilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]